Eron mintaqadagi "Apple" va "Microsoft" ofislariga qachon zarba berishini ma’lum qildi
Islom inqilobi kuchlari korpusi (KSIR) Yaqin Sharqdagi yirik Amerika kompaniyalari ofislariga ehtimoliy zarbalar haqida bayonot berdi. Ro‘yxatda 18 ta korporasiya bor, jumladan "Apple", "Google", "Microsoft", "Meta", "Oracle", "Intel", "Nvidia", "Boeing", "Tesla", "Dell", "Cisco", "HP" va boshqalar.
Eron tomonining fikricha, AQShning AKT va sun’iy intellekt sohasidagi tuzilmalari terrorchilik harakatlarini rejalashtirish va nishonlarni kuzatishda ishtirok etmoqda. Shu sababli ularning ob’ektlari “qonuniy nishonlar” deb e’lon qilingan.
Ma’lumotga ko‘ra, dastlabki zarbalar 1 aprel kuni Tehron vaqti bilan taxminan soat 20:00 atrofida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kompaniya xodimlariga ish joylarini tark etish, aholiga esa xavfsiz hududlarga ko‘chish tavsiya qilingan.
Eron tomoni ta’kidlashicha, bu qaror yaqindagi hujumlarga javob sifatida qabul qilingan bo‘lib, ular natijasida fuqarolar halok bo‘lgan.
