Isroilda qabul qilingan terrorchilarga o‘lim jazosini qo‘llash to‘g‘risidagi qonun amalda faqat falastinliklarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin, deb xabar bermoqda Deutsche Welle
Xabar berilishicha, Knesset (Isroil parlamenti) mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘lim jazosi qo‘llanilishi doirasini kengaytirishga oid o‘zgartirishlarni tasdiqlagan. Yangi qoidalarga asosan, Isroil fuqarolari orasida qurbonlarga sabab bo‘lgan teraktlarni sodir etgan shaxslar uchun osish orqali o‘lim jazosi berilishi joriy qilinadi.
Huquq himoyachilari va muxolifat vakillari mazkur qonunni “irqchilikka asoslangan” deb atab, u faqat falastinliklarga qarshi qo‘llanilishini ta’kidlashmoqda. Gap shundaki, endilikda Falastin hududi hisoblanuvchi Iordan daryosining G‘arbiy sohili aholisi ishlarini ko‘rib chiquvchi Isroil harbiy sudlari terrorizmda ayblangan falastinliklarga nisbatan faqat o‘lim hukmini chiqarishi mumkin. Ammo agar sudlar xuddi shunday jinoyat uchun Isroil fuqarolarini sud qilsa, qatl etish yoki umrbod qamoq jazosi berish o‘rtasida tanlov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.