Fabio Kannavaro: "Menga jangchilar kerak"

Fabio Kannavaro: "Menga jangchilar kerak"

O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi bo‘limda himoyamiz juda yomon o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda barchasi o‘zgardi va xatolar kamaydi. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz?

- Bilmadim, birinchi bo‘limda konsentrasiya 100% emas edi. Tanaffusda har doim qilib kelgan ishimizni qilishimiz kerakligini aytdim. Takti o‘zgarishlarga ham qo‘l urdik. Asosiy muammo ruhiyat bilan bog‘liq edi. Kuchli raqibmi yoki yo‘q, har doim bir xil motivasiya bilan o‘ynash kerak. Har doim maydonga bir xil ishtiyoq bilan chiqish kerak. So‘nggi daqiqalarda o‘yin bizning nazoratimiz ostida edi, ammo raqib xavfli vaziyatga ega bo‘ldi. Bunday barqarorsizlikka yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

- Bugun terma jamoamiz standart vaziyatdan gol urdi. Standartlar mashg‘ulotlarda alohida ishlanmoqdami yoki futbolchilar o‘yindan kelib chiqib shunday qarorga kelishdimi?

- Albatta, mashg‘ulotlarda barcha jihatlar ustida ishlaymiz. Agar klubda bir mavsum davomida standart vaziyatlarda 14-15ta gol urish mumkin bo‘lsa, yaxshi hujumchini sotib olish kerak bo‘ladi. Terma jamoada esa bor-yo‘g‘i 2-3 kun vaqt bor. Ko‘pincha vaqt yetmaydi. Barchasini hisobga olishimiz kerak. Zamonaviy futbolda kichkina detallarga e’tibor bermasak, g‘alaba qozona olmaysiz.

- Kecha navbatdagi ikki o‘yinda barcha futbolchilarga imkoniyat beraman deb aytib o‘tdingiz, ammo bugun asosiy hujumchimiz va darvozabonimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Bugungi nazorat o‘yini Igor Sergeevni sinab olish uchun yaxshi vaqt emasmidi? Shuningdek, dastlabki o‘zgarish 76-daqiqada ro‘y berdi. Menimcha, bu juda kech...

- Bugun 8ta futbolchi zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Yana qanday savollar bo‘lishi mumkin?

- 76-daqiqada o‘zgarish qilish kech emasmi? Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar bor-yo‘g‘i 20 daqiqa maydonda bo‘lishdi. Menimcha, bu kech.

- Unda mening o‘rnimga bosh murabbiy bo‘lib keling. Men sizning fikringizni hurmat qilaman. Men terma jamoaga juda ko‘plab futbolchilarni jalb etdim. Dastlabki 8ta uchrashuvda nechta futbolchi terma jamoada o‘ynaganini hisoblab ko‘ring.

- Gabon terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz?

- Gabonning o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. Futbolchilar mahoratli. Zamonaviy futbolda bo‘sh zonalar topish qiyin. Gabon bugun zich o‘ynadi. Biz o‘zimizning 2-3ta yaqqol vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Gabonga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ldi.

- O‘ng qanotda yarim himoyachi Aziz G‘aniyevni o‘ynatyapsiz. Hozirgi kunda Superligada ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan Jamshid Iskanderov ham ushbu pozisiyada o‘ynay oladi. Bugun uni maydonda kutgandik. Nega Iskanderovga imkoniyat berilmadi? Venesuelaga qarshi o‘yinda uni maydonda ko‘ramizmi?

- U "Al Batayeh"da o‘ng qanotda o‘ynaydi. Agar o‘yinlarni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, mening aybim emas.

- Bilaman. O‘yinlarini ko‘rganman. Shuning uchun Iskanderovni qo‘shib ketdim. Iskanderov ham o‘ng qanotda o‘ynay oladi.

- Jamshid jamoamizning bir bo‘lagi. Uning iqtidoridan xabardormiz. Biz barchaga yetarlicha vaqt beramiz.

- Gabon terma jamoasi bugun 4XG qayd etdi. MTJ mundial saralashi davomidagi Eronga qarshi o‘yinlarda ham bunday statistikani qayd etmagan edi. Ushbu holat siz uchun qanchalik normal?

- E’tibor yetarlicha emas edi. Ba’zida ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ydik.

- Gabonga jismoniy holat bo‘yicha yutqazib qo‘ydik. Sayfiyevning o‘yin so‘ngidagi xatosi bunga isbot bo‘la oladi. Jismoniy holat bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?

- Bu normal holat. Har doim sizlarga shuni tushuntirishga harakat qilyapman. Yevropa yoki Afrika terma jamoalariga qarshi o‘ynayotganingizda jismoniy jihat o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Biz 100% tayyor bo‘lmasak, JChda qiynalamiz. Bugun o‘yin davomida to‘p bilan ko‘proq muomala qilishga va ko‘proq pas o‘ynashga intildik. Ba’zan juda sekin harakat qildik. Mashg‘ulotlarda ishlagan narsalarimiz Gabonga juda ko‘p muammo yaratdi. Osiyo va Yevropani solishtirsak, jismoniy taraflama farq katta.

- Keyingi uchrashuvda Abduqodir Husanovni maydonda ko‘ramizmi yoki uning o‘rniga yana yangi nomlarni ko‘rishimiz mumkinmi? Bugun Jahongir O‘rozovni ko‘rdik...

- Bu haqda gapirishga juda erta. O‘yinchilar tiklanib olishsin. Ertaga tiklanish mashg‘ulotlarini olib boramiz. Bizda tiklanish jarayoni davom etadi. Asosiy maqsadimiz yangi futbolchilarni ko‘rib olish. Shuningdek, o‘yindagi muvozanatni ushlash. Masalan, ko‘plab futbolchilarni o‘zgartirsam, o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib mag‘lub bo‘lishimiz mumkin. Mag‘lub bo‘lsak, sizlar menga shikoyat qilasizlar. Ko‘p futbolchilarni o‘zgartirdingiz deb. Shu sababli men balansni ushlashga va g‘alaba qozonishga, eng yaxshi yechimni topishga intilaman.

- Venesuelaga qarshi o‘yin JChdan oldingi oxirgi uy bahsi bo‘ladi. Keyingi o‘yinda optimal tarkibni ko‘rishimiz mumkinmi? Muxlislarga bayram kayfiyatini yaratib bermoqchisizlarmi?

- Har doim juda chiroyli va bayram ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bir tomondan xatolarga yo‘l qo‘yganimizdan xursandman. Qayerda xato qilayotganimizni bildik, endi ularni to‘g‘rilashimiz kerak. Bugungi g‘alabaga xursand bo‘lib qolmasligim kerak. Jahon chempionati umuman boshqa darajada bo‘ladi. Motivasiya va raqiblar darajasi shunchaki dahshat. Dushanba kuni eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz hech nimani anglatmaydi. JChda boshqa raqiblar bo‘ladi. Jamoa ham boshqa bo‘lishi mumkin. Futbolchilarga har doim yuqori konsentrasiya xohlashimni aytganman. Menga jangchilar kerak. Men uchun eng muhimi shu. Hozir yigitlar 90 daqiqalik "kuchuk" bo‘la olishmaydi. Mening g‘oyam ham shunda. Biz 90 daqiqalik "jangchi" bo‘lishimiz kerak. Biz mundialga ilk marotaba boryapmiz. Yo‘qotadigan hech narsa yo‘q. Hech qanday qo‘rquvsiz maydonga tushamiz. Oxirida natija qanday bo‘lishini ko‘ramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron AQSh bilan urushda ustunlikka ega

Ҳақиқат шундаки, АҚШ вазифанинг мураккаблигига етарлича баҳо бермади.

Tramp Eronning "sirli sovg‘asi" nima ekanligini biladimi?

Трампнинг сўзларига кўра, у янгиликларда саккизта кеманинг "бўғознинг ўртасидан сузиб кетаётганини" кўрган.

Tramp harbiy operasiyadan so‘ng Eron neftiga kirish huquqini qo‘lga kiritganini tan oldi

Трамп бу баёнотни Оқ уйда журналистларнинг саволларига жавоб бериш чоғида айтиб ўтди.

Eron terma jamoasi futbolchisi o‘z yurtida davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

Бу ҳақда «РИА Новости» Fars агентлигига таяниб хабар бермоқда

Eron: "AQSh o‘z joniga qasd qilish va o‘zini o‘zi yo‘q qilish taktikasi orqali Hormuz bo‘g‘ozini ochmoqchi"

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабардор ҳарбий манбага таяниб хабар берди.

AQSh Adliya vazirligi Maduro ishini kengaytirishni o‘rganmoqda

АҚШ Адлия вазирлиги Венесуэла президенти Николас Мадуро иши бўйича айбланувчилар доирасини кенгайтириш имкониятини кўриб чиқмоқда.

AQSh Eron bo‘yicha barcha maqsadlarga erishilmaganini tan olishga chaqirildi

Foreign Affairsда эълон қилинган мақолага кўра, АҚШ Эрон билан муносабатларда муросага келиши ва барча мақсадларига эриша олмаслигини тан олиши керак.

Eronda urush boshlanganidan beri yuzdan ortiq “dushman josusi” ushlandi — Tasnim

Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.

Trampning Eron siyosati tanqid ostida

The New York Times хабар беришича, Дональд Трампнинг Эронга оид сиёсати кутилган натижани бермаган.

Turk dunyosi noshirlari Anqarada uchrashadi

Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.

Pragadagi "Rossiya uyiga" "Molotov kokteyllari" bilan hujum qilindi

Марказ раҳбари Игор Гиренконинг сўзларига кўра, кутубхона биносига улоқтирилган олтита "Молотов коктейлидан" учтаси портламай қолган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.

Eron bizdan bitim tuzishni yolvorib so‘ramoqda, men ulardan buni so‘raganim yo‘q — AQSh prezidenti

Доналд Трампнинг бошқа баёнотлари:

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.