Superkameraga ega Xiaomi Mi 9 smartfoni dekabrning o‘rtalarida taqdim etilishi kutilyapti

Superkameraga ega Xiaomi Mi 9 smartfoni dekabrning o‘rtalarida taqdim etilishi kutilyapti

Snapdragon 8150 chipseti va uch tomonlama 48 megapiksel kamerali Xiaomi Mi smartfoni dekabr oyining o‘rtalarida havola etilishi mumkin. Bu haqda xabardor bo‘lgan manbalarning ma’lum qilishicha, Xiaomi Mi smartfoni sertifikatlash jarayonidan o‘tganligi yaqin kelajakda uning texnik jihatlari bilan qisman bo‘lsa-da, tanishish imkonini beradi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi M1901F9T/ modeli (Xiaomi Mi 9 nomi bilan savdoga chiqishi mumkin) Qualcomm Snapdragon 8150 flagman prosessoriga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, qurilma orqa panelida uch o‘lchamli kamera o‘rnatilishi kutilmoqda. Bunda asosiy modul 48 megapikselli bo‘ladi. Hozircha Xiaomi Mi 9 smartfoniga tegishli bo‘lgan tavsiflar shulardan iborat. Avval ma’lum bo‘lgan xabarlarda esa ushbu smartfonda 6, 8 yoki 10 Gb hajmli RAM, 6,4-dyuymli AMOLED displey va 3700 mA/soat hajmli batareya bo‘lishi aytilgandi.

Kutilganidek, Qualcomm Snapdragon 8150 prosessori dekabr boshlarida rasman havola etiladi. Yangi Xiaomi Mi 9 smartfoni ushbu chipset taqdimotidan so‘ng e’lon qilinishi mumkin. Shunday qilib, yangi smartfon taqdimoti dekabr oyi o‘rtalaridayoq bo‘lishi kutilmoqda. Shu tariqa Xiaomi Mi 9 yangi Qualcomm mobil prosessori asosidagi birinchi smartfon bo‘lishi mumkin.

Turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!