"Sudan xalqining o‘zi saylovlar orqali ularni kim boshqarishini aniqlaydi" - Sudan rahbari

"Sudan xalqining o‘zi saylovlar orqali ularni kim boshqarishini aniqlaydi" - Sudan rahbari

Sudan suveren kengashi rahbari Abdel Fattoh al-Burxon payshanba kuni mamlakatdagi inqirozni hal qilish uchun umumiy siyosiy muloqot boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sudanliklar adolatli saylovlar o‘tkazish uchun barcha tomonlar bilan konsensusga erishishga intiladi. “Sudan xalqining o‘zi saylovlar orqali ularni kim boshqarishini aniqlaydi”, dedi u Misr fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat delegasiya bilan uchrashuvda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!