SSV: Surxondaryoda ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyoti bajarildi

Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kardiojarrohlik bo‘limi ish boshladi.
Bu yerdagi birinchi murakkab amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining tibbiyot fanlari nomzodi Adham Jalilov boshchiligidagi kardioxirurglar jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Shu tariqa viloyat tibbiyoti tarixida ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash operasiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Hozir bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lib, standartlar asosida davo muolajalari davom ettirilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)