SPIEFda 139 mamlakatdan 21 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi

SPIEFda 139 mamlakatdan 21 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi

2024 yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi tadbirlarida 139 davlatdan 21 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Prezidenti maslahatchisi, Forum tashkiliy qo‘mitasi ijrochi kotibi Anton Kobyakov forum yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

SPIEF to‘rt kun davom etdi. Tashkiliy qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqt ichida forumda umumiy qiymati 6 trillion 430 milliard rublga teng 980 dan ortiq shartnomalar tuzildi.

Kobyakovning aniqlik kiritishicha, gap tijorat siri bo‘lmagan shartnomalar haqida ketmoqda.

SPIEF natijasida 59 davlat Rossiya va uning hamkorlari tomonidan yaratilgan BRIKS, SHHT va YEOIIga qo‘shilish niyatini e’lon qildi. Bu davlatlar «yangi formatlarda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi», — deya qo‘shimcha qildi Kobyakov.

Eslatib o‘tamiz, SPIEF 2023 yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 3 trillion 860 milliard rublga teng 900 ta bitim imzolangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!