Soqol bilan pasport - ID-kartalar olish mumkinmi?

A A A
Soqol bilan pasport -  ID-kartalar olish mumkinmi?

2020 yil 22 sentyabr “O‘zbekiston Respublikasida identifikasiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezidentining Farmoni qabul qilingan edi. Joriy yil 4 yanvardan Toshkent shahrida ID-kartalarni rasmiylashtirishni boshlanganidan xabaringiz bor.

Kuni kecha tahririyatimizga Namangan viloyati Kosonsoy tumani Shayxon mahallasi 209-uyda yashovchi hamyurtimiz Inomxonov Eshondadaxon Yunusxon o‘g‘li murojaat qildi. Uning bildirishicha, pasport olgani Kosonsoy tumani IIB pasport bo‘limiga murojaat qilgan. Ammo navbati kelganda boshliq o‘rinbosari Abduhakim Abdullayev “Soqol bilan pasportga rasmga tushish mumkin emas, soqolingizni oldirib keling”, deb qaytarib yuboradi. “Hozir mumkin-ku?” deb e’tiroz bildirsa, uni tuman IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Mamajonovga uchrashi lozimligini aytadi. Tuman IIB bo‘lim xodimi Mamajonov telefon orqali “Soqol bilan mumkin emas”ligini aytadi, deb yozadi "Azon.uz".

Mazkur shikoyat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovga murojaat qildik. Uning javobi qisqa, ammo lo‘nda bo‘ldi:

“Ko‘zoynak (ochki) va shapkada mumkin emas, soqolga xech qanday cheklov yo‘q!”

Umid qilamizki, yuqoridagi javobdan “pasport stol”dagi mutasaddilar to‘g‘ri xulosa chiqaradilar va fuqarolarni arzimas bahonalar bilan ovora qilmaydilar.

Shu o‘rinda pasport olish bilan bog‘liq jarayonlar haqida kengroq ma’lumot berib o‘tamiz.

ID-kartani qanday va qayerdan olish mumkin?

ID-kartani olish va almashtirish yuzasidan quyidagilarga murojaat qilish mumkin:

–  O‘zbekiston fuqarolari - o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan IIOning migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga (olish va almashtirish uchun) yoki davlat xizmatlari markazlariga (almashtirish uchun);

– mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzildagi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga – olish uchun va o‘z ixtiyoriga ko‘ra xohlagan bunday bo‘linmalarga - almashtirish uchun.

Karta hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga - 15 kun muddatda ularning yashash manziliga borgan holda karta rasmiylashtiriladi va ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi. 

–  ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;

–  o‘z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, jarimaga tortilmaydi.

Bundan tashqari, ID-kartalari bolaning tug‘ilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan so‘ng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga ko‘ra rasmiylashtirilishi mumkin. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma esa ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda FHDYoning yagona elektron arxivi orqali olinishi mumkin.

Biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini ID-kartalariga almashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

–  2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrga qadar - ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra;

–  2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrga qadar - majburiy tartibda.

2011 yilgi namunadagi biometrik pasport 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston fuqarosiga, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikasiya ID-kartasi beriladi.

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi. (Bugungi kunda 198 470 so‘m).

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

ID-karta qancha muddatda beriladi?

ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:

–  yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);

–  bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);

–  16 yoshdan – 10 yil muddatga.

Qat’iy hisobga olinadigan hujjat hisoblanuvchi ID-karta belgilangan namuna bo‘yicha lotin alifbosidagi o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa — ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqaroning xohishiga ko‘ra, lotin alifbosidagi qoraqalpoq yoki o‘zbek tillarida personallashtiriladi.

ID-karta blankasiga qanday ma’lumotlar kiritiladi?

a) hujjatning nomi;

b) ID-kartaning raqami;

v) ID-karta egasining:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

–  tug‘ilgan sanasi;

–  fuqaroligi;

–  tug‘ilgan joyi;

  jinsi;

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami;

g) ID-kartaning:

–  berilgan sanasi;

–  kim tomonidan berilgani;

–  amal qilish muddati tugaydigan sana;

d) ID-karta egasining raqamli surati.

ID-kartada uning egasining imzosi bo‘lishi shart (16 yoshga yetganidan keyin).

Vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali ID-karta egasining roziligi bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat etiladi. 

Chipga ID-karta egasining quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:

–  biografik ma’lumotlari;

–  millati;

–  raqamli surati;

–  qo‘l barmoqlarining izlari – 16 yoshga yetganidan keyin;

–  elektron raqamli imzo kalitining sertifikati – 16 yoshga yetganidan keyin.

Qonun hujjatlariga muvofiq chipga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ID-kartaning amal qilish muddati davomida haqiqiy hisoblanadi.

ID-kartani qachon olish mumkin?

ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

–  ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra – bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar;

–  fuqaro 16 yoshga to‘lganda;

–  O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda;

–  ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda;

–  Fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda;

–  ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda;

–  ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

–  ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;

–  ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaro tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.

ID-karta yo‘qolsa-chi?

Fuqaro ID-kartani yo‘qotgan taqdirda, yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida beriladi.

ID-kartasi bo‘lmagan fuqaro 16 yoshga to‘lganda bir oydan kechikmasdan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ID-kartani olish uchun murojaat etishi shart. Fuqaro ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

–  Belgilangan shakldagi ariza-anketa;

–  Ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

–  Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

–  Vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

–  Davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

O‘zbekistonda sotilayotgan to‘rt Xitoy o‘yinchog‘ida xavf aniqlandi

Болалар ўйинчоқларида хавф аниқланди.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Putin Primakovni lavozimidan ozod qildi

Примаков агентликни 2020 йилдан бери бошқариб келаётган эди.

"Gulnora Karimovaning Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz"

Адвокат Грегуар Манжа Каримованинг Швейцариядаги суд жараёнида қатнашиш имконияти чекланганини билдирган.

Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln so‘mlik majmuani borib ko‘rdi

Президент Шавкат Мирзиёев Қува туманидаги 1-сонли техникумда ёшларни замонавий касблар ва хорижий тилларга ўқитиш ишлари билан танишди.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.