Sog‘liqni saqlash vaziri karantinni buzgani uchun iste’fo berdi

Sog‘liqni saqlash vaziri karantinni buzgani uchun iste’fo berdi

Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vaziri, karantin vaqtida o‘zini yakkalash rejimini ikki marta buzgan Devid Klark iste’foga chiqishini e’lon qildi.

“Devid uning bu lavozimda qolishi hukumat tomonidan koronavirusga qarshi qabul qilinayotgan choralar va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlardan faqatgina chalg‘itishi haqidagi qarorga keldi”, deb ma’lum qilgan mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern.

Bosh vazir Klarkning 1 iyulda iste’fo haqida topshirgan arizasini qabul qilganini qo‘shimcha qilgan. 
Ushbu lavozimni 19 sentyabrdagi parlament saylovlarigacha ta’lim vaziri Kris Xipkinz egallab turadi.
Yangi Zelandiyada 25 mart kuni umummilliy karatin kiritilgandan keyin Klark ikki marta karantinni buzgan: velosiped sayri va plyajda oilaviy piknik uyushtirgan.
O‘shanda bosh vazir pandemiya sharoitida uni iste’foga chiqarishdan bosh tortgan. Klark qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun qo‘shimcha ravishda egallagan moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilgan hamda martabasi hukumatdagi eng past darajagacha pasaytirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!