Škoda Rossiya bozoridan chiqib ketishi tufayli 700 million yevroga yaqin zarar ko‘rdi

Škoda Rossiya bozoridan chiqib ketishi tufayli 700 million yevroga yaqin zarar ko‘rdi

Chexiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi Škoda Rossiya bozoridan chiqib ketishi tufayli deyarli 700 million yevro yo‘qotdi.

Bu haqda Škoda boshqaruvi raisi Klaus Zellmer ma’lum qildi.

«Škoda Rossiyadagi biznes faoliyatini yakunlashi munosabati bilan deyarli 700 million yevro yo‘qotdi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.

Zellmerning aytishicha, kompaniya Rossiyadagi zavodlari va tarqatish tarmog‘ini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!