Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladimi?

Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi ta’limga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi.

Bu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishiga taalluqli. Yuqoridagi ro‘yxatdagi 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul to‘xtatilmagan.
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

Bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo‘nalishlarga bu qarorning aloqasi yo‘q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki ta’lim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!