Sirdaryoda hojatxonada 8 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit qamaldi

Sirdaryoda hojatxonada 8 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan yigit qamaldi

O‘tgan yilning iyul oyida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida “Z” ismli yigit 2012 yilda tug‘ilgan S.E.ni maktab hojatxonasida o‘pib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

NeMolchi loyihasining ma’lum qilishicha yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Joriy yilning 22 iyun kuni u JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan aybdor deb topilib, 10 yil-u 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, yigit o‘ta xavfli residivist deb e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!