Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiya ishga tushirildi

Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiya ishga tushirildi

Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha , Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida qurilgan, quvvati 220 MVt bo‘lgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi bugun, 20 noyabr kuni O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

Mazkur elektr stansiya yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Stansiyada o‘rnatilgan qurilmalarning foydali ish koeffisiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 150 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz bilan qo‘shimcha 685 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 700 nafargacha, ishga tushgandan keyin esa 100 nafar yangi ish o‘rni yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!