Sinvarning XAMAS yetakchisi etib saylanishi Isroil bilan tinchlik muzokaralarini murakkablashtirishi mumkin

Sinvarning XAMAS yetakchisi etib saylanishi Isroil bilan tinchlik muzokaralarini murakkablashtirishi mumkin

Yahyo Sinvarning Falastinning Xamas harakati siyosiy byurosining yangi rahbari etib saylanishi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Isroil bilan muzokaralarni murakkablashtirishi mumkin.

Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar bermoqda.

Gazetaga ko‘ra, Sinvar XAMAS yetakchisi sifatida AQShning Falastin anklavida tinchlikka erishishga urinishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qayd etilishicha, u Isroilni murosa qilishga majburlash uchun “qattiq chiziq” va “maksimalistik pozisiya”ga amal qiladi. O‘z navbatida, o‘ng qanot isroillik siyosatchilar, nashrning yozishicha, XAMASning harbiy salohiyati to‘liq yo‘q qilinishi va Sinvarning o‘ldirilishini talab qilmoqda, bu esa bosh vazir Benyamin Netanyaxuning ular bilan mumkin bo‘lgan sulh shartlari bo‘yicha kelishib olishini qiyinlashtiradi. Xamasning yangi rahbari isroillik harbiylarning birinchi raqamli nishoniga aylanib, uning harakatga rahbarlik qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish qobiliyatini qiyinlashtirdi, deya qo‘shimcha qildi gazeta.

Seshanba kuni Sinvar XAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylandi. U harakatning harbiy qanoti - Izziddin al-Qassam brigadalari va Isroil bilan hamkorlik qilgan falastinliklarga qarshi jazolash operasiyalariga ixtisoslashgan "Hamas Majd" ichki xavfsizlik tashkiloti asoschilaridan biri sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!