Si Szinpin va Mishustin o‘rtasida uchrashuv bo‘ladi

XXR raisi Si Szinpin va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 21 mart kuni uchrashadi, dedi Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov.
“21 mart kuni ertalab Xitoy Xalq Respublikasi raisi hukumatimiz raisi Mishustin bilan uchrashadi”, dedi u.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Si Szinpin 20 mart, dushanba kuni Moskvada norasmiy kechki ovqat uchun uchrashishi, 21 mart kuni esa muzokaralar bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)