Shvesiya polisiyasi chechen bloggeri Tumso Abdurahmonovning o‘ldirilishi haqidagi xabarlarga izoh bermayapti

Shvesiya polisiyasi chechen bloggeri Tumso Abdurahmonovning o‘ldirilishi haqidagi xabarlarga izoh bermayapti

Shvesiya polisiyasi BBCga OAVda Rossiya fuqarosining o‘ldirilishi mumkinligi haqidagi xabarlardan xabardor ekanini aytdi, ammo buni tasdiqlay olmaydi yoki izoh bera olmaydi.

Juma kuni Shvesiyadagi chechenistonlik qochqinlarga yordam berayotgan Chechenistonda joylashgan «Vayfond» inson huquqlari assosiasiyasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning eng taniqli tanqidchilaridan biri Tumso Abdurahmonov va uning ukasi Muhammad bir necha kundan beri aloqaga chiqmayotganini aytdi.

Dushanba kuni chechen muxolifatining 1ADAT telegram kanali Abdurahmonov o‘ldirilgani va uning ukasi go‘yoki Shvesiya maxfiy xizmatlari tomonidan yashirilgani haqida xabar bergan edi. Rossiyada «Adat» harakati ekstremistik tashkilot deb e’lon qilingan va uning faoliyati taqiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!