Shols Germaniyaning bo‘lajak hukumat rahbariga qo‘ng‘iroq qildi

Germaniyaning amaldagi kansleri Vashingtondagi “diplomatik inqiroz”ni muhokama qilish uchun mamlakatning bo‘lajak hukumat rahbariga qo‘ng‘iroq qildi.
"Olaf Shols 28 fevral kuni kechqurun o‘zining ehtimoliy vorisi Fridrix Mers bilan telefon orqali muloqot qildi", deya xabar beradi Süddeutsche Zeitung.
Ilgari Germaniyaning amaldagi hukumati Bundestag uchun saylovlarda xalaba qozongan XDI/XSI bloki rahbarini hozirgi siyosiy masalalarga jalb qilish zarur emas, deb hisoblagan edi. Ammo yuz bergan so‘nggi voqealar kelgusi siyosatni muvofiqlashtirish va Mersning yanada faol ishtirokini ta’minlashni talab qilmoqda. Biroq bu ishtirok qanday shaklda bo‘lishi hozircha noaniq.
Kecha Oq uyda Tramp va Zelenskiy o‘rtasida tortishuv yuz berganidan keyin Olaf Shols ham, Fridrix Mers ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashlarini e’lon qilishdi.
"Qadrli Vladimir Zelenskiy, biz yaxshi kunlarda ham, og‘ir damlarda ham Ukraina bilan birgamiz. Biz bu dahshatli urushda hech qachon tajovuzkor va qurbonni adashtirib yubormasligimiz kerak", — deb yozgan edi Mers X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.