Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Super yengil vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Ergashev Instagram tarmog‘ida jang tafsilotlarini ochiqladi.

Shohjahon 27 iyul kuni AQShning Michigan shtati Detroyt shahrida mezbon vakil Xulian Smitga qarshi ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi bor mart oyida Xuan Xuertasga qarshi ringga chiqdi. Ergashev Panamalik bokschini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratdi.

Smit professional ringda 10 ta jang o‘tkazib, 8 tasida g‘alaba qozongan. 2 ta jangida mag‘lubiyatga uchragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!