"Shisha bola" — hindistonlik Rohit o‘ta noyob kasallikka chalingan

"Shisha bola" — hindistonlik Rohit o‘ta noyob kasallikka chalingan

Hindistonlik maktab o‘quvchisi suyaklari juda mo‘rt bo‘lgani uchun “shisha bola” laqabini oldi, deb yozadi Mirror. Ayni damda 12 yoshga to‘lgan bolakayning suyaklari 100 dan ortiq marta sinib ulgurgan.

Rohit ismli bola osteoporozning og‘ir shakliga chalingan va unga deyarli har qanday teginish suyagining sinishiga olib kelishi mumkin. 12 yil davomida hindistonlik suyaklarni taxminan 100 marta sindirib olgan. Bundan tashqari, bolaning holati uning tashqi ko‘rinishiga ta’sir qildi.

Kasallik tufayli Rohitni maktabga olib ketishmadi, shuning uchun unga o‘qish va yozishni katta opasi o‘rgatadi. Bola yoza olmaydi, chunki yozishga uringanida qo‘li doim qattiq og‘riydi.

Rohitning o‘zi qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qiladi va kasallik uning maqsadiga to‘sqinlik qilmasligiga ishonadi. Hozirda dunyoda osteoporozdan davo yo‘q, ammo bu tashxisga ega bo‘lganlar suyaklarini mustahkamlash uchun davolanishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!