Shirin shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan fuqaro ushlandi

Shirin shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.B. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro SH.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 56 dona “Regapen”, 2 dona “Selofen” va 2 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini 1,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!