Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida ishtirok etishdan bosh tortdi

Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida ishtirok etishdan bosh tortdi

Shimoliy Koreya koronavirus pandemiyasi sababli Tokio Olimpiadasida ishtirok etishdan bosh tortdi.   

“Ryonxap” axborot agentligining xabar berishicha, Shimoliy Koreya Olimpiya qo‘mitasi bosh assambleyasining 25 martda o‘tgan yig‘ilishida shunday qarorga kelingan.    

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyaning Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortishi o‘z sportchilarini koronavirusdan himoyalash istagi bilan bog‘langan.    

“Koreya Xalq Demokratik Respublikasi sportchilarimizni koronavirus bilan bog‘liq global inqiroz vaziyatida himoyalash uchun XXXII Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaslikka qaror qildi”, deb ma’lum qilingan Shimoliy Koreya sport vazirligi bayonotida.       

Mart boshida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Tokio Olimpiadasi Shimoliy Koreya bilan muloqotga hamda Pxenyanning AQSh va Yaponiya bilan munosabatlarining tiklanishiga yordam berishi mumkinligini aytgandi.  

Pandemiya sababli 2021 yilga ko‘chirilgan Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiada esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Mart oyida Olimpiada tashkilotchilari O‘yinlar xorijlik muxlislarsiz o‘tishini e’lon qilgandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!