Shimoliy Koreya raketasi AQShga 40 daqiqada yetib boradi – OAV

Shimoliy Koreya raketasi AQShga 40 daqiqada yetib boradi – OAV

Olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya raketasi Nyu-Yorkkacha bor-yo‘g‘i 40 daqiqada yetib borishi mumkin.

Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalar AQShning muhim ma’muriy yoki harbiy ob’ektlari joylashgan boshqa shaharlari – Vashington, Los-Anjeles, Gonolulu, Chikago, Ankorij va Guamga yetib borishi mumkin. Shimoliy Koreyaning eng mukammal raketalari “Xvason-15”ning ta’sir doirasi 13 ming kmga tengligi Shimoliy Koreya hududini tark etmay turib, yoppasiga zarba berishga yetarlidir.  

Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bunday raketaning bir donasi Nyu-Yorkning katta qismini yo‘q qilishi, yadro portlashi ta’siridan qurbonlar soni esa ilk daqiqalarda million kishidan oshishi mumkin.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!