Shimoliy Koreya 90-yillardagidek ocharchilik arafasida​​​​​​​

Shimoliy Koreya 90-yillardagidek ocharchilik arafasida​​​​​​​

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In aholini “mashaqqatli marsh”ga tayyor turishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Bi-bi-si.

“Mashaqqatli marsh” atamasi 1990-yillarda Shimoliy Koreyada yuz bergan ocharchilikni ifodalash uchun ishlatiladi. O‘shanda 600 mingdan 2 milliongacha inson ochlik tufayli vafot etgani aytiladi. Kim Chen In mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni aynan 1990-yillardagi holatga o‘xshatgan.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Shimoliy Koreya uning iqtisodiyotida muhim rol o‘ynab kelgan Xitoy bilan chegarani yopishga majbur bo‘ldi. Holbuki, Xitoy bilan chegarada yashaydigan aholi uchun kontrabanda asosiy daromad manbai edi.  Qolaversa, xalqaro hamjamiyatning sanksiyalari ham Shimoliy Koreya iqtisodiyotining yomonlashishiga sabab bo‘ldi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, qariyb ikki oy oldin Xitoydan Shimoliy Koreyaga oziq-ovqat mahsulotlari kelishi to‘xtagan. Buning oqibatida narxlar ko‘tarilib ketgan. Shimoliy Koreyada ochlik yuz berishi mumkinligidan BMT ham ogohlantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!