Shimoliy Koreya 300 ming dollar xayriya qildi

Shimoliy Koreya 300 ming dollar xayriya qildi

Shimoliy Koreya Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Myanma davlati uchun gumanitar yordam tashabbusiga 300 ming dollar xayriya qildi, deb yozadi The Korea Times.

Ta’kidlanishicha, bu Pxenyanning 2005 yildan buyon birinchi marta boshqa davlatga pul xayriya qilishi.

The Korea Times yozishicha, Shimoliy Koreya Myanma bilan yaxshi munosabatda. Masalan, yanvar oyida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Myanma mustaqilligining 73 yilligi munosabati bilan mamlakat prezidentiga murojaat yuborgan. Siyosatchi ikki mamlakat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga umid bildirgan.

Fevral oyidagi harbiy to‘ntarishdan keyin jabr ko‘rgan Myanmani KXDRdan tashqari, Janubiy Koreya, shuningdek, bir nechta G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlagan. Eng katta miqdorda xayriya qilgan AQSh mamlakatga 23 million dollardan ko‘proq mablag‘ yuborgan.

Shimoliy Koreya kamdan kam hollarda moliyaviy xayriya qiladi, chunki u xalqaro reytinglar bo‘yicha dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!