Shevchenko Ukraina futbol assosiasiyasining yangi prezidenti etib tayinlanishi mumkin

Shevchenko Ukraina futbol assosiasiyasining yangi prezidenti etib tayinlanishi mumkin

Katta ehtimol bilan Andrey Shevchenko Ukraina futbol assosiasiyasining (UAF) yangi prezidenti etib tayinlanadi. Bu haqda Ukraina terma jamoasining sobiq hujumchisi, u ham yuqori lavozim uchun kurashayotgan Roman Zozulya xabar berdi.

«Shevchenko UAF prezidenti etib tayinlanmoqda. Bunda mintaqaviy assosiasiyalar ovoz beradi, lekin ularning ortida gubernatorlar, orqasida esa prezident idorasi turadi. Aytgancha, ovoz berish yopiq tartibda amalga oshadi. Qiziq, nega?

Qisqasi, men texnik nomzod bo‘lishni xohlamadim. Shuning uchun biz bu fikrda pauza qildik. Lekin biz bundan umuman voz kechmaymiz.

Menimcha, Shevchenko varianti uzoq davom etmaydi. Adolatli saylovlarda esa mening dasturim va jamoam kuchliroq bo‘ladi», — deya Zozulyaning so‘zlarini keltiradi KDK telegram kanali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!