Shavkat Mirziyoyev Ochilboy Ramatov va Botir Zokirovga ikki hafta muhlat berdi

Shavkat Mirziyoyev Ochilboy Ramatov va Botir Zokirovga ikki hafta muhlat berdi

Shavkat Mirziyoyev chorshanba kungi videoselektorda tadbirkor tadbirkorligi, quruvchi qurilishi bilan shug‘ullanishi kerakligini aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, 175 ta uy-joylar massivining (1 mingta ko‘p qavatli uy) bor-yo‘g‘i 36 tasi bo‘yicha pudratchilar aniqlangan.

Bunda, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Xorazmda ob’ektlar qurilish reytingi bo‘yicha mos kelmaydigan quruvchi tashkilotlariga berilgan.

«Tenderda reytingda yo‘q qurilish kompaniyalariga loyihalarni beryapsizlar... Tadbirkor tadbirkorligi, quruvchi qurilishi bilan shug‘ullansin. Prezident topshiriq berayapti, reytingi yo‘q qurilish tashkilotlariga biror loyiha berilmaydi. Ko‘rdik Jizzaxdagi voqealarni... tadbirkor qurilish qilsa nima bo‘lishini ham...», – dedi prezident.

Davlat rahbari Ochilboy Ramatov va Botir Zokirovga viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda 139 ta turar-joy massivlari bo‘yicha tenderlarni yakunlab, qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi, deb yozadi "gazeta.uz".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!