Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo – Samarqand "pereval"i qayta ta’mirlanishini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo – Samarqand "pereval"i qayta ta’mirlanishini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoye Qashqadaryo Samarqand "pereval"i qayta ta’mirlanishini ta’kidladi.

“Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ va Qamashining 1 million aholisiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Qashqadaryoni Samarqand bilan bog‘lovchi dovon davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta’mirlanadi, shuningdek, tonnel qurilishining iqtisodiy samaradorligi ham o‘rganib chiqiladi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida kelgusi besh yilda 140 ta qishloq va mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, bunga 1,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Viloyat aholisini qiynab kelayotgan eng dolzarb muammolardan yana biri – uy-joy bilan ta’minlash masalasidir. Joriy yilda uy-joy masalasida Xalq qabulxonalariga 6 ming nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, bu respublikada eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!