Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Bu haqda bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va SHHT Bosh kotibi Chjan Min o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.

(https://t.me/mfaspokesperson/1806)Muloqot davomida tomonlar may-sentyabr oylariga mo‘ljallangan yuqori darajadagi uchrashuvlarning tashkiliy masalalari va kun tartibini muhokama qildi.

SHHT bosh kotibi tashkilotga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish, O‘zbekiston tomonidan Samarqand sammitini mazmunan boyitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuksak baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!