Sha’bon oyi haqida dinimizda qanday ko‘rsatmalar bor?

A A A
Sha’bon oyi haqida dinimizda qanday ko‘rsatmalar bor?

Bismillahir rohmanir rohim

Sha’bon oyi – hijriy-qamariy taqvimning sakkizinchi oyi bo‘lib, Rajab va Ramazon oylari o‘rtasida joylashgan. Bu oy to‘g‘risida kelgan ma’lumotlarni o‘rganib ko‘rsak, asosiy urg‘u Ramazon oyiga ruhan va jismonan tayyorgarlik ko‘rishga qaratilganini anglaymiz. Bu oyda odatdagidan ko‘proq nafl ro‘za tutish, Qur’on tilovat qilish va tungi ibodatlarga mashg‘ul bo‘lishga targ‘ib qilingan. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

عَنْ أُسَامَة بْنِ زَيْدٍ رضي الله عنه قَالَ: ” قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ لَمْ أَرَكَ تَصُومُ شَهْراً مِنَ الشُّهُورِ مَا تَصُومُ مِنْ شَعْبَانَ . قَالَ “ذَلِكَ شَهْرٌ يَغْفُلُ النَّاسُ عَنْهُ بَيْنَ رَجَبٍ وَرَمَضَانَ وَهُوَ شَهْرٌ تُرْفَعُ فِيهِ الأَعْمَالُ إِلَى رَبِّ الْعَالَمِينَ فَأُحِبُّ أَنْ يُرْفَعَ عَمَلِى وَأَنَا صَائِمٌ ” (أَخْرَجَهُ النَّسَائِيُّ).

«Ey Allohning Rasuli, oylardan hech birida Sha’bon ro‘zasidek ro‘za tutganingizni ko‘rmadim», dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam:
“Bu bir oyki, odamlar undan g‘aflatda qoladilar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir oyki, unda amallar Robbil olamiynga ko‘tarilur. Men ham amalim ko‘tarilayotganda ro‘zador bo‘lishni yaxshi ko‘raman”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنها قَالَتْ: ” لَمْ يَكُنْ رَسُولُ اللّهِ صلى الله عليه وسلم فِي الشّهْرِ مِنَ السَّنَةِ أَكْثَرَ صِيَاماً مِنْهُ في شَعْبَانَ ” (رَوَاهُ مُسْلِمٌ)

“Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yilning hech bir oyida Sha’bondagidek ko‘p ro‘za tutmasdilar” (Imom Muslim rivoyati).

Tobe’in, Kufa shahrining faqihlaridan biri Habib ibn Abu Sobit Sha’bon oyi kirsa: “Bu qorilarning oyidir”, der edi.
Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom, “Kim Alloh uchun bir kun ro‘za tutsa, Alloh taolo uning yuzini do‘zaxdan yetmish yillik (masofaga) uzoq qiladi” deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Sha’bon oyining o‘n to‘rtinchidan o‘n beshinchiga o‘tar kechasi “Baroat” kechasi deb nomlanadi. Ushbu tunda ko‘plab osiy bandalarning tavbalari qabul bo‘lib, gunohlari kechirilishi, rizqlar taqsimlanishi, bemorlar shifo topishi va undan boshqa fazilatlarga ega ekani borasida turli rivoyatlar bor. Ushbu rivoyatlar yakka holda zaif hadislar hisoblansada hamma sanadlarini jamlab, umumiy holda xulosa qilinsa, shariatimizga ko‘ra ushbu kecha fazilatli va barakotli kecha hisoblanishi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ham Abul Alo Muhammad ibn Abdurrohman Muborakfuriy “Sha’bon oyi 15-tunining fazilat borasida bir qancha hadislar bor bo‘lib, ularning majmuasi uning shariatda ishonchli asosi bor ekaniga dalolat qiladi”, degan (Tuhfatul ahvaziy. 3-juz, 365-bet).

Mashhur mujtahid olim Imom Shofiiy rahmatullohi alayh shunday deganlar:

بَلَغَنَا أَنَّهُ كَانَ يُقَالُ: ” إِنَّ الدُّعَاءَ يُسْتَجَابُ فِي خَمْسِ لَيَالٍ: فِي لَيْلَةِ الْجُمُعَةِ وَلَيْلَةِ الأَضْحَى وَلَيْلَةِ الفِطْرِ وَأَوَّلِ لَيْلَةٍ مِنْ رَجَبٍ وَلَيْلَةِ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ”

ya’ni: “Bizga yetgan xabarlarda aytilishicha besh kechada duo ijobat bo‘ladi: juma kechasi, qurbon hayit kechasi, Ramazon hayiti kechasi, Rajabning birinchi kechasi va Sha’bon oyining yarmidagi kechasi” (manba: Al-Umm. 1-juz, 264-bet).

Quyida bu borada kelgan ba’zi hadisi shariflarni keltirib o‘tamiz:

عن أم المؤمنين عائشة رضي الله عنها قالت: فَقَدْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وآله وسلم ذَاتَ لَيْلَةٍ، فَخَرَجْتُ أَطْلُبُهُ فَإِذَا هُوَ بِالْبَقِيعِ رَافِعٌ رَأْسَهُ إِلَى السَّمَاءِ، فَقَالَ: «يَا عَائِشَةُ، أَكُنْتِ تَخَافِينَ أَنْ يَحِيفَ اللهُ عَلَيْكِ وَرَسُولُهُ!»، فقُلْتُ: وَمَا بِي ذَلِكَ، وَلَكِنِّي ظَنَنْتُ أَنَّكَ أَتَيْتَ بَعْضَ نِسَائِكَ، فَقَالَ: «إِنَّ اللهَ تَعَالَى يَنْزِلُ لَيْلَةَ النِّصْفِ مِنْ شَعْبَانَ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا فَيَغْفِرُ لأَكْثَرَ مِنْ عَدَدِ شَعَرِ غَنَمِ كَلْبٍ -وهو اسم قبيلة-» (رواه الترمذي وابن ماجه وأحمد).

Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni kechalardan birida yo‘qotib qo‘ydim. So‘ng u kishini izlab chiqdim. Qarasam, U zot Baqiy’da osmonga qarab turgan ekanlar: “Ey, Oisha, Alloh va Uning Rasuli sendan chetlashidan qo‘rqdingmi?”, dedilar. “Siz ba’zi ayollaringiz yoniga borgansiz, deb gumon qiluvdim”, dedim. “Albatta, Alloh Sha’bonning yarmidagi kechada dunyo osmoniga tushadi va Kalb (qabilasi)ning qo‘ylari juni adadidan ko‘proq kishini mag‘firat qiladi”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Ahmad rivoyat qilgan).

عن معاذ بن جبل رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال : ” يطلع الله إلى جميع خلقه ليلة النصف من شعبان فيغفر لجميع خلقه إلا لمشرك أو مشاحن “(رواه ابن حبان في صحيحه والطبراني والبيهقي)

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Alloh Sha’bon yarmidagi kechada qarab ko‘rib jamiki maxluqotlarini mag‘firat qilur. Magar mushrik va xusumatchi bundan mustasnodir”, dedilar (Imom Ibn Hibbon “sahihi”da, shuningdek, Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiylar rivoyat qilishgan).
Shuning uchun fuqaholarimiz ham baroat kechasini ibodat bilan bedor o‘tkazishni mustahab amallardan sanaganlar. Bu haqda ibn Nujaym Misriy (vaf. 970/1563) rahmatullohi alayh shunday deganlar:
“Ramozon oyining oxirgi o‘n kunligini, ikki iydni, Zul hijjaning avvalgi o‘n kunligini va Sha’bon oyining o‘n beshinchi kechalarini bedor o‘tkazish hadislarda vorid bo‘lganidek mustahab amallardandir. “At-Targ‘ib vat tarhib”da bu haqda batafsil tarzda zikr qilingan. Kechalarni bedor o‘tkazish degandan murod uni ibodat ila o‘tkazish tushuniladi” (Manba: “Al-Bahrur-roiq sharhi kanzid-daqoiq”).

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ba’zilar tomonidan baroat kechasida yuz rakatli namoz o‘qishlishi, unda “Ixlos” surasini muayyan adadda o‘qilishi kerakligi haqidagi gap-so‘zlar asossiz ekanini ulamolarimiz ta’kidlashgan. Jumladan, Mulla Ali Qori rahimahulloh bu mavzuga to‘xtalib shunday deganlar:

“واعلم إن المذكورة في اللآلىء أن مائة ركعة في نصف شعبان بالاخلاص عشر مرات في كل ركعة مع طول فضله للديلمي وغيره موضوع”

“Bilginki, Sha’bon oyining yarmida yuz rakatli namozni har bir rakatida “Ixlos” surasini o‘n martadan o‘qib, ado etilishi, uning fazilati ko‘p ekani borasida Daylamiy va undan boshqalarning rivoyati mavzu – to‘qima hadislar ekani “Al-Laoli”da aytib o‘tilgandir” (Manba: “Mirqotul mafotih”).

Alloma Abdulhay Laknaviy rahmatullohi alayh Baroat kechasi va undagi qilinadigan ibodatlar haqida shunday deganlar:

فيعلم بمجموع الأحاديث القولية والفعلية استحباب إكثار العبادة فيها فالرجل مخير بين الصلاة وبين غيرها من العبادات فإن اختار الصلاة فكمية أعداد الركعات وكيفيتها مفوضة إليه ما لم يأت بما منعه الشارع صراحة أو إشارة

“Qovliy, fe’liy hadislarning majmuasi orqali baroat kechasida ibodatni ko‘paytirish mustahab ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kishi namoz o‘qishi va boshqa ibodatlar qilishda ixtiyorlidir. Namoz o‘qishni istasa, shariatda man’ qilgan narsalarni ochiqcha ham, yashirin ham qilmaslik sharti bilan rakatlarning adadini va miqdori, kayfiyatini namoz o‘quvchining o‘ziga topshiriladi”(Manba: “Al-Aasaarul marfua fil axbaril mavzua”).

Demak, bundan ma’lum bo‘ladiki, Baroat kechasi uchun biror xos ibodat tayin qilinmagan. Kimning kuchi va imkoni qaysi ibodatni ado etishga yetsa o‘shani amalga oshiraveradi. Ayniqsa, istig‘for, tasbih, tahlil aytib zikr qilish, durudu salovotlar aytish, Qur’on karim tilovati yoki uni eshitish, hadis kitoblar mutolaa qilish maqsadga muvofiq. Shu bilan bir qatorda umumiy nafl namozlarni o‘qish, Alloh taologa duolar qilib, hojatlarini so‘rashi ulkan ajrlarga sazovor qiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Ekspert Husanovni “Real” yulduzidan yuqori baholadi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов айни пайтда фаолиятидаги сезиларли ўсишни намойиш қилмоқда.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Tramp Putinga javob berdi: avval Ukraina, keyin Eron

АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.

Andijonda mahalla raisi va hokim yordamchisi ushlandi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Eron hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rganini tan oldi

Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.

44 ta elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ishdan olindi

Бу ҳақда Энергетика вазирлиги хабар берди.

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.

Ziroat Mirziyoyeva Xivaning yangi yashil jamoat makonini barpo etishda ishtirok etdi

Яқин-яқингача бўш турган қарийб 8 гектарлик майдонга ҳудуднинг табиий-иқлим шароитидан келиб чиқиб танланган 3 минг тупдан ортиқ дарахт ва ўсимлик кўчатлари ўтқазилмоқда.

Toshkentda yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi

Машинист темир йўлдаги одамни тахминан 500 метр масофадан пайқаган, бироқ поездни тўхтатишга улгурмаган.

Andijonda “Haj” ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Тезкор тадбирда, у олдиндан 9 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.