Saudiya G7 mamlakatlarini ogohlantirdi

Saudiya G7 mamlakatlarini ogohlantirdi

Saudiya Arabistoni Rossiyaning muzlatilgan aktivlari musodara qilinishiga javoban Yevropa obligasiyalarining bir qismini sotishi mumkinligidan G7 mamlakatlarini ogohlantirdi.

Saudiyaliklar bu haqda G7 vakillariga 2024 yil boshida ma’lum qilishgan, deya xabar berdi Bloomberg o‘z manbalariga asoslanib.

Agentlikning suhbatdoshlaridan biri bu kabi ogohlantirishlarni "niqoblangan tahdid", deb atadi. Boshqa ikki manbaga ko‘ra, saudiyaliklar aynan Fransiyaning qarz majburiyatlarini eslatishgan.

Ushbu qadam Saudiya Arabistonining diplomatik ta’siri o‘sib borayotganidan dalolat beradi, deb yozdi Bloomberg.

G‘arb mamlakatlarini Saudiya Arabistonining o‘zi emas, balki uning ushbu qadamiga boshqa mamlakatlar ham ergashishi mumkinligi ko‘proq xavotirlantirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!