Saudiya Arabistonida asalari jahon rekordi o‘rnatishga urinishni yo‘qqa chiqardi

Saudiya Arabistonida asalari jahon rekordi o‘rnatishga urinishni yo‘qqa chiqardi

Saudiya Arabistonida odamga qo‘ngan hasharotlar soni bo‘yicha jahon rekordini yangilashga urinish chog‘ida uchib ketgan asalari bu ishga xalaqit berdi, deb xabar qildi «RIA Novosti».

Asalarichi Zuhair Fataniy o‘ziga o‘nlab ona asalarini qo‘ndirgan, shu tariqa u o‘ziga 20 mingta erkak asalarini jalb qilmoqchi bo‘lgan.

Amaldagi rekord xitoylik Ruan Lyanminga tegishli bo‘lib, u o‘z tanasida, taxminan, 64 kilogramm hashorotni tutib turgan. Fataniy 100 kilogramm asalari yig‘ishni rejalashtirgan, biroq ona asalarilardan biri uchib ketgan va erkak xitoylikning rekordini yangilay olmagan.

Fataniy o‘tgan yili ham rekordni yangilashga urinib ko‘rgan. U bir necha soat minglab asalari bilan qoplanib turgan, biroq kerakli natijaga yaqinlasha olmagan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!