Sankt-Peterburgdagi yong‘in oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘ldi, yana 4 o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizildi

Sankt-Peterburgdagi yong‘in oqibatida O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘ldi, yana 4 o‘zbekistonlik shifoxonaga yotqizildi

Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil 15 sentyabr kuni soat 00:40da Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumani Gluxoozersk ko‘chasi 11-uydagi angarda yong‘in sodir bo‘lgan.

Angardan 5 kishi evkuasiya qilinib, tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan yordam ko‘rsatilgan. Ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun I.I.Janelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga joylashtirilgan. Tez yordam avtomobilida shifoxonaga olib ketilayotganda jabrlanuvchilardan biri halok bo‘lgan.

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, halok bo‘lgan va jabrlanganlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vzairligi va Rosssiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida olib borilgan tadbirlar natijasida halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan.

Vafot etgan:

Sultanov D.N, 1983 y.t. (Ekaterininsk ko‘chasi 10-uy sud-tibbiyot ekspertizasi morgiga joylashtirilgan)

Jabrlanganlar:

  1. Sultanov X.U. 1997 y.t.,
  2. Muxtarov M.YU. 1978 y.t.,
  3. Ismailov SH. 1995 y.t.,
  4. Churagolov M.Z. 1988 y.t.,

Jabrlanganlar I.I.Janelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy tekshirish institutiga is gazidan zaharlanish tashxisi bilan (hozirda barchasining ahvoli qoniqarli) joylashtirilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!