Samsung eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi

Samsung eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi

Samsung kompaniyasi o‘rta byudjetli Galaxy M55 smartfoni taqdimotini o‘tkazdi, u kompaniya tarixidagi eng yuqori aniqlikdagi selfi kamerasini oldi. Bu haqda Sammobile xabar berdi.

Galaxy M55 6,7 dyuymli Super AMOLED+ displeyga, Full HD+ piksellar soniga va 120 Gs yangilanish tezligiga ega.

Yangi mahsulotning asosiy xususiyati 50 megapikselli old kamera bo‘lib, u sekundiga 30 kadr tezlikda 4K piksellar sonida video yozib olish imkoniyatiga ega. Optik stabilizasiyaga ega 50 megapikselli asosiy sensor 8 megapikselli ultra keng burchakli sensor va 2 megapikselli makro modul bilan to‘ldiriladi.

Galaxy M55 ishlashi eski o‘rta byudjetli Qualcomm Snapdragon 7 Gen 1 chipi, 8 Gb tezkor xotira va 256 Gb xotira bilan ta’minlanadi. 5000 mA•soat batareya 45 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi Samsung Galaxy M55 smartfoniga Android 14 asosidagi One UI 6.0 operasion tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi Android 18 chiqarilgunga qadar smartfonni qo‘llab-quvvatlashga va’da bermoqda. Boshqa funksiyalarga Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2 va kontaktsiz to‘lov uchun mo‘ljallangan NFC kiradi.

Dastlab Samsung Galaxy M55 Braziliyada 2,7 ming real (taxminan 6 mln so‘m) qiymatda sotuvga chiqariladi, aslida bu M seriyali smartfon uchun sezilarli darajada qimmat. Yangi mahsulot dunyoning boshqa hududlarida qachon sotuvga chiqishi va narxi qanday bo‘lishi haqida hozircha ma’lum qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!