SamDU rektori Osiyo universitetlari assosiasiyasi prezidenti bo‘ldi

SamDU rektori Osiyo universitetlari assosiasiyasi prezidenti bo‘ldi

Samarqand davlat universiteti rektori Osiyo universitetlari assosiasiyasi prezidentligiga saylandi.

“Oltoy – Osiyo” V xalqaro ta’lim forumi doirasida Rossiyada Osiyo universitetlari Assosiasiyasining Kongressi o‘tkazildi.

Anjumanda assosiasiyaga kiruvchi 8 davlatdan (O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Armaniston) 72 ta universitetning rektor va prorektorlari, jami 112 delegat ishtirok etdi.

Osiyo universitetlari assosiasiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022

Assosiasiyaga prezidentlik lavozimining muddati ikki yil bo‘lib, 2022-2024 yillarni o‘z ichiga oladi.

Rustam Xolmurodov anjuman qatnashchilarini ish rejasi bilan tanishtirdi.

Unda Osiyo mamlakatlarida assosiasiyani institusionalizasiya qilish va universitetlarning ishga jalb qilinishini kuchaytirish, assosiasiyaga yangi ishtirokchilarni kiritish hamda hamkorlik geografiyasini kengaytirish, qo‘shma o‘quv dasturlarini taqdim etish, tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash masalalari ko‘rsatilgan.

Osiyo universitetlari Assosiasiyasining prezidenti tomonidan ilgari surilgan takliqlar:

IT texnologiyalar, agrobiotexnologiyalar sohasini rivojlantirish;

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni yanada kengaytirish;

Mintaqalardan kelib chiqib, ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan Osiyo universitetlari Assosiasiyasi tarkibidagi universitetlar o‘rtasida ilmiy guruhlar tuzish;

Hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy ma’lumotlar almashish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.

“Bu g‘oyalar nafaqat ta’lim sifatini yaxshilash, balki zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish, yuqoridagi 72 universitet o‘zaro hamkorlikni doimiy yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!