Samarqandda tadbirkorga hisoblangan 3 mlrd so‘mlik asossiz qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ faoliyatidan norozi bo‘lib “SIRALISH MEVA” MCHJ murojaat qilgan.
Mazkur murojaatda “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ tomonidan tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan asossiz qarzdorlik hisoblanganlik holati aniqlandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, “SIRALISH MEVA” MCHJning murojaati asosli deb topilib, asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, tadbirkorlik sub’ektining murojaati ijobiy hal qilindi.
Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan yuqoridagi holatlar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga huquqiy tushuntirishlar berilib, kelgusida yuqoridagi holatlarni takrorlamaslik yuzasidan ogohlantirish berildi.