Samarqandda islom dini namoyandalari merosini aks ettiruvchi xiyobon tashkil etiladi

Samarqandda islom dini namoyandalari merosini aks ettiruvchi xiyobon tashkil etiladi

Samarqand shahrida islom dini namoyandalari merosini aks ettiruvchi xiyobon tashkil etiladi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi xabar berdi.

"Prezident Farmoniga ko‘ra:

➡️ Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamo qabrini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi.

➡️ Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Moliya vazirligi bilan birgalikda  Samarqand shahrida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros ob’ektlarini aks ettiruvchi tematik xiyoboni yaratiladi", deyiladi manbada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!