Samarqandda 18 yoshli yigit qarovsiz qoldirilgan mashinalardan salkam 2 ming dollar o‘g‘irladi

Samarqandda 18 yoshli yigit qarovsiz qoldirilgan mashinalardan salkam 2 ming dollar o‘g‘irladi

Ma’lum bo‘lishicha, yigit tunda viloyatning Urgut tumanidan Samarqand shahriga kelib, qarovsiz qoldirilgan «Damas» mashinasidan 1700 dollar o‘g‘irlagan. Ta’kidlanishicha, u pullarni o‘yinga tikib yutqazib qo‘ygan.

Shuningdek, u puli qolmaganidan keyin ikkinchi marta shaharga kelib, «Spark» avtomobilidan 2,5 million so‘m pulni o‘zlashtirgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan qidiruv o‘tkazilib, u qo‘lga olingan hamda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Samarqandda ayol erining yarim milliard so‘m pulini internetdagi o‘yinda yutqazib qo‘ygani ma’lum qilingan. Shuningdek, Samarqandda 18 yoshli yigit internetdagi o‘yinda katta miqdorda pul yutqazib, o‘zini osib qo‘ygani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!