Samarqandda 10 million so‘m mojarosi: fuqaro samolyotga chipta oldi, ammo reys bekor qilindi. Aviakassa esa pulni qaytarib berishdan bosh tortgan

Samarqandda 10 million so‘m mojarosi: fuqaro samolyotga chipta oldi, ammo reys bekor qilindi. Aviakassa esa pulni qaytarib berishdan bosh tortgan

So‘nggi vaqtlarda “urf”ga kirgan aviachipta muammosiga bugun yana to‘xtalamiz.

Toshkent viloyati, Zangiota tumani “Narman” MFY yashovchi S.Qurbonov joriy yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi ishonch telefoniga murojaat qilgan. U Samarqand shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan “ATLAS AVIA TOUR” dan 10 million so‘mga Navoiy- Xabarovsk yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilgan, ammo ushbu reys bekor qilingan bo‘lsa-da, aviakassa xodimlari iste’molchiga chipta pulini qaytarib berishdan bosh tortgan.

U shundan so‘ng u Federasiyaga muammosini hal etishda yordam so‘rab murojaat etishga majbur bo‘lgan. Iste’molchi S. Qurbonovning murojaati Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan vakolat doirasida o‘rganilib, chipta uchun to‘lagan 10 million so‘m puli tezkorlik bilan undirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!