Fuqarolarni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan bir nechta shaxs qo‘lga olindi

Fuqarolarni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan bir nechta shaxs qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash yo‘nalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi, 1979 y.t. shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilib, 25 ming AQSh dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1991 y.t. shaxs Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 y.t. tanishi bilan kelishgan holda, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilib, evaziga 23 ming AQSh dollari talab qiladi. Ammo, ular oldindan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida yashovchi, 1999 y.t. shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni va’da qilib, evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!