Samarqand — Qashqadaryo "pereval"i yopildi. Yo‘l o‘pirilib tushgan

Samarqand — Qashqadaryo "pereval"i yopildi. Yo‘l o‘pirilib tushgan

FVVning xabariga ko‘ra, bugun 13 mart kuni soat 16:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.🔹Bunga sabab, M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni qismida (1138-1141 kilometrida) kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida avtomobil yo‘lida qisman o‘pirilish yuzaga kelgan.

Ayni daqiqalarda tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.

“Taxtaqoracha" dovonining qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!