Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining hay’at a’zosi Saida Mirziyoyeva mukofotning Abu-Dabidagi forumida nutq so‘zladi. U insoniy birodarlikni mustahkamlashda ayollar yetakchiligining o‘rni kattaligi, yetakchi ayollar yetishib chiqishi uchun esa oilaviy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. Bu esa, o‘z navbatida, amalda ishlaydigan qonunlar va xalqchil sudlar bo‘lishini taqozo qiladi.

3 fevral kuni BAA poytaxti Abu-Dabida insoniy birodarlik uchun Shayx Zoid mukofotining majlisi ish boshladi. Mukofot bugun, 4 fevral – Xalqaro inson birodarligi kunida tantanali tarzda o‘z egalariga topshiriladi.

Kechagi majlisda mukofotning hay’at azolari, global miqyosda obro‘ga ega arboblar va inflyuyenserlar ishtirok etdi. Bu yilgi forum jamiyatlarda barqarorlik va o‘zaro uyg‘unlikni o‘stirishda oilalar va ijtimoiy guruhlarning markaziy ahamiyati, ayollar yetakchiligi va gumanitar faollik masalalariga bag‘ishlandi.

Unda mukofot hay’ati a’zosi, O‘zbekiston prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham so‘zga chiqib, insoniy birodarlikni mustahkamlashda ayollar yetakchiligining o‘rni haqida so‘z yuritdi.

“Ushbu nufuzli Majlisning bir qismi bo‘lish men uchun ulkan sharafdir. Fursatdan foydalanib, qadr-qimmat, mas’uliyat va birgalikda yashashni qanday tanlashimiz xususida o‘zaro hurmat asosida ochiq muloqot qilishga maydon yaratgani uchun Birlashgan Arab Amirliklariga va insoniy birodarlik uchun Shayx Zoid mukofotiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Biz bugun bo‘linish, qo‘rquv va nizolar haqida ko‘p eshitamiz. Ishonch mo‘rtlashib ketdi, gaplashish qiyinlashdi. Bu o‘rinda insoniy birodarlik balandparvoz shior yoki mavhum g‘oya emas. Aslida bu amaliy tanlov: insonlarni toifa yoki yorliq sifatida emas, balki inson sifatida ko‘rish va bir-biriga nima bo‘layotgani haqida qayg‘urish demakdir.

Men ushbu maydonda xotin-qizlar yetakchiligi haqida siyosiy bayonot yoki zamonaviy trenddagi mavzu sifatida emas, balki mutlaqo real narsa sifatida gapirmoqchiman”, – dedi Mirziyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab ayollar uchun yetakchilik har qanday rasmiy lavozimlarni egallashdan ancha oldin – oilada, maktabda, shifoxonada, mahallada boshlanadi. Bunda mas’uliyat shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, undagi tajriba qizg‘in bahslarda g‘alaba qozonishga emas, balki ko‘proq ehtimoliy zararning oldini olishga, tartibni saqlashga va kelajakda nima bo‘lishini oldindan ko‘ra bilishga qaratilgan fikrlash va yetakchilik uslubini shakllantiradi.

“Men buni bolaligimdan ko‘rib ulg‘ayganman. Otam har doim men va singlimni mustaqil bo‘lish yo‘lida rag‘batlantirar va qo‘llab-quvvatlardi. Onam xotirjam kuch va iliqlik bilan oilamizni birlashtirdi. Ulardan o‘rgangan eng katta sabog‘im shu bo‘ldiki, o‘zaro hurmat bilan yo‘g‘rilmagan rivojlanish uzoqqa cho‘zilmaydi. Kuchli jamiyatlar nafaqat qonunlarga, balki insonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga ham asoslanadi va ishonch ko‘pincha ayollar o‘rtasidagi munosabatlar va yetakchilik orqali mustahkamlanadi.

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Jamoamda ko‘plab xotin-qizlar ishlaydi. Ular siyosatni ishlab chiqadi, muassasalarni boshqaradi va nafaqat sarlavhalarda, balki butun boshli siyosiy jarayonlarga bardosh bera oladigan mustahkam tizimlarni yaratadi. Dunyo ko‘pincha an’anaviy hokimiyat tuzilmalarining yutuqlarini olqishlaydi: texnologiyalar, rivojlanish va kengayish. Biroq aynan shu tuzilmalar urushlar va butun boshli shaharlarni yer yuzidan yo‘q qilib tashlashga qodir bo‘lgan qurollarni yaratishini esdan chiqaradi”, – deya qayd etdi hay’at a’zosi.

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, hozir insoniy navbatdagi burilish nuqtasi ostonasida turibdi: qonunlarimiz va institutlarimiz sun’iy intellektga moslashishga ulgurmasidan ular mehnat, ta’lim va hokimiyat tuzilmasini o‘zgartirmoqda. Mirziyoyeva bu o‘rinda qator savollarni o‘rtaga tashladi.

“Yangi dunyoni kim quradi? Xotin-qizlar ishtirokisiz yaratilgan iqtisodiyotni qabul qila olamizmi? Ularning fikrini inobatga olmasdan ishlab chiqilgan xavfsizlik siyosatiga rozi bo‘la olamizmi? Jamiyatning yarmini real ta’sir doirasidan chetda qoldiradigan “rivojlanish” bilan murosa qila olamizmi?

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Agar shunday qilsak, biz an’anani tanlamayotgan bo‘lamiz. Biz beqarorlikni tanlayotgan bo‘lamiz”, – dedi u.

Mirziyoyevaga ko‘ra, O‘zbekiston boshqacha tanlov qilgan: ayollar hozirda parlamentdagi o‘rinlarning qariyb 40 foizini egallaydi. “Biz faqat vakillik organlarining o‘zi yetarli emasligini tan olamiz. Ijro hokimiyati ham yanada muvozanatli bo‘lishi kerak va bu muhim hamda doimiy milliy ustuvor vazifa bo‘lib qoladi”, – dedi u.

Administrasiya rahbari global miqyosda o‘zgarishlar haqida gapirarkan, tengsizlik va iqlim mas’uliyati haqida jonkuyarlik bilan so‘zlovchi Mia Amor Mottli va tahdidlar ostidagi qizlarning ta’limini himoya qilgan Zarqa Yaftali kabi yetakchilar faoliyatini e’tirof etdi.

“Yana bir haqiqat borki, uni ochiq aytishimiz kerak. Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Agar tahqirlash odatiy hol bo‘lsa, qadr-qimmat haqida gapirish befoyda. Agar himoya mavjud bo‘lmasa, tenglik haqida gapirish mumkinmi?

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Xavfsizlik bo‘lmagan oiladagi tinchlik haqiqiy tinchlik emasligini, sukut jabrlanuvchini emas, zo‘ravonni himoya qilishini yetakchi ayollar ochiq aytishadi.

Birodarlikka ishonishini da’vo qiladigan davlat buni nafaqat nutqlar orqali, balki ishlaydigan va amalga oshiriladigan qonunlar, samarali va xalqchil sudlar va insonlarni izchil himoya qiladigan muassasalar orqali isbotlashi kerak”, – dedi Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, bu – “ayollar tabiatan yaxshiroq boshqaradi” degan da’vo emas. Gap amaliy voqelikni tan olish haqida bormoqda: tor doiradagi guruh tomonidan boshqariladigan tizimlar inson qadrini ko‘rmay qoladi.

“Ayollar ishtirok etganda, qarorlar siyosiy manfaatlarni emas, balki inson qadr-qimmatini hisobga olishga moyil bo‘ladi. Tezkor g‘alabalar emas, uzoq muddatli barqarorlik, abstraksiyalar emas, odamlar muhim.

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Insoniy birodarlik aynan shunday quriladi: sokinlik va tom ma’noda, kimga ishonib, kimning ovozini eshitib, kimnidir hech qachon chetga surib qo‘ymaslik orqali shakllanadi.

Bu bir yilda bir marta gapiriladigan narsa emas. Bu har kuni amalda namoyon qilinadigan narsa. Va uni mustahkamlashda har birimizning o‘rnimiz bor”, – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Shayx Zayd nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti 2019 yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayon sharafiga ta’sis etilgan. Mukofot har yili 4 fevral – Xalqaro inson birodarligi kunida topshiriladi. Laureatlarga 1 mln AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Saida Mirziyoyeva: “Agar oilada zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilsa, birodarlik haqida gap bo‘lishi mumkin emas”

Ushbu mukofot bilan insonlar o‘rtasidagi birodarlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik, tinchlik, insonparvarlik va madaniyatlararo muloqotni targ‘ib qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar va tashkilotlar taqdirlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nikolay Valuyev: "Markaziy Osiyo davlatlariga hech qachon tahdid qilmaganman"

Валуевнинг сўзларига кўра, бу видео бошидан охиригача қайта ишланган ва интернетда нафрат қўзғатиш учун тарқатилган.

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Trampning ikki-to‘rt oy umri qolganmi?

Трампнинг аломатлари 2016-йилги сайловлардаги ғалабасидан олдин пайдо бўлган ва президент жамоаси унинг ҳолатини яширмоқда

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berishidan manfaatdormi?

Бу ҳақда Axios нашри хабар тарқатмоқда.

Fevral oyida kutilayotgan taxminiy ob-havo e’lon qilindi

«Ўзгидромет» маълумотига кўра, феврал ойининг биринчи беш кунлиги нам об-ҳаво билан бошланади, республика бўйича асосан ёмғир кўринишидаги ёғингарчилик кузатилади.

Buxoroda "dom" portlab ketdi

Воқеа жойига ФВВ қутқарувчилари ва бошқа тегишли хизматлар етиб борган. Ҳозирда вазият оқибатлари бартараф этилмоқда.

AQSh Moliya vazirligi rahbari: Eron butun dunyo bo‘ylab banklarga pul o‘tkazmoqda

АҚШ молия вазири Скотт Бессентнинг айтишича, Эрон расмийлари гўёки Америка босими фонида бутун дунё бўйлаб банкларга пул ўтказмоқда.

Qozog‘istonda 14 milliard dollar chiqarildi — katta iqtisodiy va geosiyosiy mojaro xavfi

14 миллиард доллар Қозоғистоннинг 2025 йилги давлат бюджети даромад қисми қарийб учдан бирини ташкил этади. Баёнотдан сўнг интернетда катта муҳокама бошланди, бироқ видео расмий ОАВдан уч соатдан сўнг ўчириб ташланган.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

"Bu yer Ronaldu Arabistoni emas"

Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.

72 soatdan keyin AQSh Rossiya bilan urushga kirishadi?!

Европанинг тўхтатувчи кучлари сулҳдан кейин АҚШ разведкаси ва логистика кўмаги билан ҳаво, денгиз ва қуруқликдаги операцияларни қўллаб-қувватлайди.

Epshteynning hujjatlarida Zelenskiyning ismi ham tilga olinganmi?

Мактубда айтилишича, Брюнель Украинада одам савдоси каналларини назорат қилган

Ukraina FIFA prezidentining so‘zlariga keskin munosabat bildirdi

Украина ташқи ишлар вазири Андрей Сибига FIFA президентининг баёнотига ижтимоий тармоқларда кескин муносабат билдирди.

Epshteynga Ka’bapo‘sh parchalari sovg‘a qilingan

Каъбапўш парчаларини миллиардерга Бирлашган Араб Амирликларида фаолият кўрсатувчи ишбилармонлар юборган.

Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasiga yirik hujum uyushtirdi

Россия “бир ҳафталик танаффус” деб аталган даврдан сўнг Украина энергетика объектларига кенг кўламли ракета ва дрон зарбаларини йўллади.

Darknetda nimalar tarqaldi?

Ички ишлар органларига тегишли шахсий маълумотларнинг тарқалиши ҳам электрон ҳукумат OAuth сервери бузилгани билан боғлиқ бўлиши мумкин.

Rossiyaning Ufa shahridagi maktabda o‘quvchi straykbol avtomati bilan otishma uyushtirdi

Ўсмир аллақачон қўлга олинган. Вазият назорат остида, тафсилотларни аниқлаштирмоқда

Samarqandda velosipedchi ketma-ket ikki avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, дастлаб велосипедчини юк машинаси уриб юборган ва зарба оқибатида у йўлга йиқилган.

Tojikiston chegarasida otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi

Қўмита маълумотига кўра, бу сўнгги бир ой ичида чегарада қайд этилган шунга ўхшаш ҳолатларнинг бешинчиси.

Aviator savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Қайд этилишича, ёнғиндан кейин вайроналар остидан 2023-йил май ойида туғилган қизнинг жасади топилган.

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

The Times of Israel маълумотига кўра, ташкилот ходимлари февраль ойи охиригача Ғазони тарк этиши керак.

Serbiya prezidenti: Eronga 48 soat ichida zarba berilishi mumkin

Сербия президенти Александр Вучич яқин 48 соат ичида Эронга зарба берилиши эҳтимолини истисно қилмади.

Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaymoqda — The Guardian

Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.

Pokiston Belujistonda 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi

Сўнгги икки кун ичида Покистон хавфсизлик кучлари Белужистон вилоятида ўтказилган контртеррористик амалиётлар давомида тақиқланган «Белужистон озодлик армияси» (BLA) билан боғлиқ 100 нафардан ортиқ жангарини йўқ қилди.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.

Andijonda erkak o‘z xotinini maktabda pichoqlab o‘ldirdi

Ушбу пайт, эркакнинг акаси уни кўриб қолиб, шифохонага олиб боради ва кўрсатилган тиббий ёрдам натижасида унинг ҳаёти сақлаб қолинади.