Prezidentning “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–35-son, 30.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027 yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga o‘sishini ta’minlash;
2026 yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambag‘allik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.
Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlarni yangilash belgilandi.
Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi.
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uylarni qurish belgilandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
Эрон Қатарнинг QatarEnergy компанияси объектларига қарши замонавий маневр қилувчи ракеталарни қўллади, улар Patriot ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини четлаб ўтишга қодир.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.