«SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Qoraqalpog‘istonga keladi

«SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Qoraqalpog‘istonga keladi

Joriy yil 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoni «SADAFCO» kompaniyasi prezidenti Vut Mattiysning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Saudi Dairy and Foodstuff Company («SADAFCO») kompaniyasi o‘rtasida kelajakda investision hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilishdan iborat.

Ma’lumot tariqasida ta’kidlash joizki, Saudiya Arabistoni «SADAFCO» kompaniyasiga 1976 yilda asos solingan. Kompaniya sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!