Saakashvilining tanasida margumush borligini aniqlandi

Saakashvilining tanasida margumush borligini aniqlandi

Qamoqda saqlanayotgan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining tibbiy tekshiruvlari uning tanasida margumush borligini ko‘rsatdi. Bu haqda dushanba kuni Saakashvilining advokati Shalva Xachapuridze ma’lum qilgan.

“Biz hali tirnoq sinovlarini olganimiz yo‘q, ular bugun kelishadi, biroq telefon orqali ma’lum bo‘lishicha, tadqiqot natijasida yana bir [zaharli] modda, margumush aniqlangan”, — deya advokatning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Mtavari telekanali.

Shuningdek, dushanba kuni Saakashvili uzoq vaqtdan beri birinchi marta chegarani noqonuniy kesib o‘tish ishi bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishi kutilmoqda, dedi advokat. “Biz sud jarayonining qoldirilganiga sababchi bo‘lib qolmasligimiz uchun u bugun sudga kelishga qaror qildi”, — dedi advokat. Unga ko‘ra, Saakashvilining ahvoli og‘ir va uni ko‘chirish uchun maxsus stul kerak bo‘ladi.

Avvalroq Saakashvilining og‘ir metallar, jumladan simob bilan zaharlanishi ehtimoli haqida xabar berilgan edi. Gruziya hukumati sobiq prezidentning zaharlanishi ehtimoli haqida erta xulosalar chiqarishdan tiyilishga chaqirmoqda.

Saakashvili 2021 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan munisipal saylovlardan bir kun oldin Gruziyaga yashirincha kelgan. Shundan so‘ng u hibsga olinib, Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgandi. Ayni damda Sobiq prezident qamoqxonada og‘ir xastalikka chalinganini bir necha bor ta’kidlagan. Saakashvilining advokatlari va tarafdorlari uni davolanish uchun xorijga yuborishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!