Ruslar bu yil ''babye leto'' hodisasiga guvoh bo‘lmasligi mumkin.

Ruslar bu yil ''babye leto'' hodisasiga guvoh bo‘lmasligi mumkin.

Ruslarda sentyabrda va oktyabr oyi boshlarida shunday mavsum bor. Xuddi bizda yoz va qish chillasi kabi kichik iqlimiy davr.

Sentyabr oyidagi yaxshigina sovuq havo to‘lqinidan so‘ng kunlar birdan isib ketishida yuzaga keladigan yoqimli iqlim sharoiti ruslarda ''babye leto'' deyiladi. Mazkur so‘zning o‘zbek meteorologik lug‘atlarida tarjimasi keltirilmagan. Google ilovalarida ''hind yozi'' deb tarjima qilinadi.

Babye leto - ruslar uchun yoqimli komfort kuz havosini beradi. Chunki, kuz boshidagi ''yaxshigina'' sovuqdan so‘ng issiqlik to‘lqini qalin kiyimlar o‘rniga yengil kiyimlar kiyishni, yoqimli quyoshli havoni taqdim etadi. Tashqaridagi kuz manzarasi (yaxshigina sovuqdan so‘ng daraxtlarda xazonrezgilik boshlanadi) esa inson fizoligiyasiga ajoyib hissiyotlarni beradi.

Rus sinoptiklariga ko‘ra, joriy yil sentyabrda rus yerlarida hind yozi bo‘lmaydi. Sentyabrning o‘tgan 20 kunligida Rossiyaning Yevropa qismi sovuq iqlimiy davr qurshovida qoldi, hozir va kelayotgan o‘n kunlikda ham quyosh yerni ko‘proq qizitmasligi oydinlashmoqda.

G‘arbiy Rossiyada oktyabrning datlabki 5 kunligidan so‘ng ochiq osmonda bulutlar kamayishi va babye letoga o‘xshash hodisa bo‘lishi aytilmoqda, ammo bu afsuski rus xalqi uchun haqiqiy hind yozi ob-havosini bermaydi.

O‘zbekistonda esa hammasi teskari, sentyabrning uchinchi dekada boshi issiq bo‘lishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!