Ruslan Nurudinov besh karra Osiyo chempioni bo‘ldi

Ruslan Nurudinov besh karra Osiyo chempioni bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasidagi -109 kg vazn toifasidagi bahslar yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi Ruslan Nurudinov va Sharofiddin Amriddinov chempionlik uchun bahs olib borishdi.

Murosasiz kurash yakunida tajriba o‘z so‘zini aytdi. Nurudinov siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha oltin medallarni ilib ketdi. Uning jami ko‘rsatkichi 382 (175+207) kgni tashkil etdi. Dast ko‘tarishda oltin medal egasi bo‘lgan Sharofiddin Amriddinov umumiy hisobda 381 (176+205) kg toshni ko‘tarib, yakunida o‘z hisobiga yana ikkita kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!