Rus oligarxi Ivanishvilining 2,7 milliard dollari muzlatildi

Rus oligarxi Ivanishvilining 2,7 milliard dollari muzlatildi

Shveysariyaning Credit Suisse banki fe’lan gruzin deyiladigan rus oligarxi Bidzina Ivanishvilining 2,7 milliard dollarlik mablag‘larini muzlatib qo‘ygan. Bankka ko‘ra, ushbu pullarning kelib chiqishi Rossiyadan bo‘lishi mumkin.

Shveysariya banki va Ivanishvili o‘rtasidagi nizolar birinchisi emas. Oligarxga tegishli trast fondiga oid da’vo mahkamasi haligacha davom etib keladi.

Gruzin muxolifati Ivanishvilining Kreml bilan uzoq yillik va mustaxkam aloqalarga ega ekanini ta’kidlab, unga qarshi moliyaviy sanksiyalar qo‘llashga chaqirib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!