Ruminiya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ruminiya Ukraina ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining E guruhining 1-turida Ruminiya Ukraina bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Stanchu hisobni ochdi. Bo‘lim Ruminiyaning kichik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning boshida ham Ruminiya gol urdi. Bu safar gol Razvan Marin hisobiga yozildi. 57-daqiqada Dregush hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Ruminiya yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Belgiya Slovakiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.


Evro—2024

1-tur

17 iyun, dushanba

Ruminiya – Ukraina 3:0

Gollar: 1:0 – 29 Stanchu, 2:0 – 53 Marin, 3:0 – 57 Dregush.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!