Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus operasiya»si ramziga aylangan «Z» harfi, aslida, nimani anglatadi?

A A A
Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus operasiya»si ramziga aylangan «Z» harfi, aslida, nimani anglatadi?

Urush boshlanishidan bir necha hafta oldin ijtimoiy tarmoqlarda bortida tushunarsiz belgilar aks etgan rus harbiy texnikalari surati va videolari paydo bo‘lgandi. Ko‘p hollarda odamlar kvadrat ichida yoki kvadratsiz «Z» harfiga duch kelgan, biroq ularning orasida «V» belgisi ham uchrab turgan. Harflar Rossiyaning turli harbiy okruglaridagi jihozlarni farqlash imkonini beruvchi taktik belgilar sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin, ammo bir necha kundan keyin «Z» hamda «V» (ayniqsa «Z») «harbiy operasiya»ning sal kam rasmiy ramziga aylandi. «Z»ni rus propagandasining asosiy elementlaridan biriga aylantirish g‘oyasi aynan kimdan chiqqani noma’lum. Bosqinchilar ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq olib, hududlarda turli xil aksiyalar va go‘yo tabiiy yo‘sinda yuz berayotgan fleshmoblarni uyushtirayotganlar ham bu nimani anglatishini tushunmaydi. Meduza «Z» g‘oyasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganib, belgi aslida unga va uning hamfikrlariga tegishli ekanini da’vo qilayotgan odam bilan suhbatlashdi. «Daryo» shu surishtiruvlar va suhbat yoritilgan materialni o‘zbek tiliga o‘girdi.

Ukrainadagi urush faol bosqichga o‘tguniga qadar ham ijtimoiy tarmoqlarda bortida maxsus belgilar qo‘yilgan Rossiya harbiy texnikasi suratlari paydo bo‘la boshlagan. Eng keng tarqalgani lotin imlosidagi «Z» harfi bo‘lib, gaubisalar, tanklar va harbiy yuk mashinalariga oq bo‘yoq bilan qalin qilib chizilgan. Keyinroq boshqachalari ham paydo bo‘ldi — «V» harfi yoki uchburchak shakl.

Belgilar ma’nosi dastlab tushunarsiz edi. Harbiy ekspertlar turli versiyalarni ilgari surdi, lekin jihozlar shu usul bilan Rossiya harbiy okruglaridan biriga tegishli ekaniga ishora qilinayotganiga ko‘proq ishonishardi: «Z» — G‘arbiy, «V» — Sharqiy, uchburchak — janubiy.

Rossiya Mudofaa vazirligining o‘zi jamoatchilikka hech qanday tushuntirish bermagan. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «Z» va «V» esga olingan bir nechta postlarni e’lon qilgan bo‘lsa-da, ma’nosi baribir ochiqlanmagan. Ushbu bayonotlarda harbiy texnika bortidagi belgilardan tashviqot qurollari sifatida foydalanilgan: masalan, «Zakanchivayem voyni» (urushga chek qo‘yamiz) yoki «Za mir» (tinchlik uchun). Yozuvlar avval odatiy imloda, keyin bosh harflar heshteglarda lotincha «Z» hamda «V» harflariga almashtirilgan holda paydo bo‘lgan.

Rossiya Federasiyasi mudofaa vazirligi SMM mutaxassislari jalb etilishidan oldin ham lotincha «Z» harfi dastlab norasmiy, keyin esa Rossiya hukumati tarafdorlari orasida Ukrainaga bostirib kirishning rasmiy ramziga aylandi. Tarafdorlar uni o‘z nikneymlariga qo‘shishni, akkauntlaridagi kirillcha harflarni u bilan almashtirib, avatarlariga «Z» qo‘yishni boshladi. Xususan, «Sorok Sorokov» radikal pravoslav harakatining Telegram’dagi kanali endi «Zorok Zorokov» deb nomlanadi. 2019 yili Moskva shahar Dumasiga muxolif nomzodlarni ro‘yxatga olishni rad etishga qarshi namoyishlar ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilingan kanal esa «Tovarish Z Mayor» tarzida yuritila boshladi.

5 mart kuni Dohadagi musobaqalarda uchinchi o‘rinni egallagan rossiyalik gimnastikachi Ivan Kulyak taqdirlash marosimiga formasida «Z» harfi tushirilgan holda kirib keldi (Xalqaro gimnastika fedarasiyasi Kulyakning «hayratlanarli xatti-harakati» yuzasidan intizomiy tergov ochilishini talab qilgan). Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Sivilev esa 2 martdan viloyat hokimligining rasmiy hujjatlarida viloyat nomi «KuZbass» tarzida yozilishini ma’lum qilgan. Sivilevning aytishicha, «Z» — bu Ukrainadagi «maxsus harbiy operasiya»da qatnashayotgan «jangchilarni qo‘llab quvvatlash belgisi». Rasmiy veb-sayt logotipidagi «Z» harfi Kemerovo viloyati qonunchilik assambleyasi tomonidan qo‘yilgan. To‘g‘ri, viloyat hokimiyatining ikkinchi martdan keyin e’lon qilingan qarorlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, «Kuzbass» rasmiy hujjatlarda avvalgiday «Kuzbass» ko‘rinishida qolgan.

«Z» g‘oyasi joylarda qanday tashviq qilinmoqda?

Bir vaqtning o‘zida Rossiyaning bir nechta viloyatlarida Ukrainadagi «maxsus operasiya»ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari «Z» harfi ko‘rinishidagi shaklda safga tizilgan.

Qozondagi ikki voqea alohida muhokamaga sabab bo‘ldi. Avval, 5 mart kuni, mahalliy bolalar xospisi (kasalligi bedavo deb topilgan va kundalik tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish markazi — «Daro» izohi) o‘z tarbiyalanuvchilarini «Z» shaklida safga tizgan. 9 martda esa KazanMall savdo markazida Qozon davlat madaniyat instituti talabalari ishtirokida aksiya o‘tkazilgan. Oq rangdagi kiyimlariga «Z» shaklidagi Georgiy tasmalarini taqib olgan talabalar mushtlari tugilgan holda o‘ng yoki chap qo‘llarini navbatma-navbat boshi uzra ko‘tarib, «Tinchlik uchun!» shiorini dona-dona qilib aytgan va Oleg Gazmanovning «Olg‘a, Rossiya» qo‘shig‘ini ijro etgan.

Ismi oshkor qilinmasligi sharti bilan Meduza muxbirining savollariga javob bergan Qozon davlat madaniyat instituti talabalariga ko‘ra, institut aksiyani atigi bir necha soat ichida uyushtirib yuborgan. O‘sha kuni ertalab bu tadbir o‘tkazilishi haqida hech kim bilmagan. Talabalarga Gazmanov qo‘shig‘ining matni yuborilib, hech qanday tushuntirishlarsiz uni yod olish buyurilgan. Apil-tapil o‘tayotgan tayyorgarlik vaqtida kechqurun hamma savdo markaziga «fleshmob» uchun borishi haqida ogohlantirilgan. Dekanat vakillari guruh sardorlariga shunday xat yozgan:

Talabalar diqqatiga! Soat 17:00 da «fleshmob» munosabati bilan institut foyesida yig‘ilamiz. Hamma kelishi shart! Aks holda, o‘zingizga yomon bo‘ladi!

Meduza yozishmalar bilan tanishib chiqqan; aksiyada ishtirok etmaganlarga qanday jazo choralari qo‘llangani haqida Meduza hech qanday ma’lumotga ega emas.

Qozon madaniyat instituti matbuot xizmati Meduza’ga aksiya tashabbusi talabalarning o‘zidan chiqqanini aytadi. Matbuot xizmati, shu bilan birgan, #ZaMir heshtegi va universitet rasmiy saytidagi «Z» harfi («KazZGIK») paydo bo‘lishini «institutning shaxsiy tashabbusi» deya izohlagan.

Rossiyaning boshqa hududlarida ham urushni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiyalar bo‘lib o‘tgan. Shu jumladan, ma’muriy resurslardan foydalangan holda mahalliy hokimiyat tomonidan uyushtirilgan. Meduza’ning aniqlik kiritishicha, Federasiyaning kamida bir nechta sub’ektlarida o‘tkazilgan shu kabi tadbirlarda mintaqaviy nazorat markazining (MNM) qo‘li bor. Masalan, Tomsk shahridagi maktablarda MNM ishtirokida ochiq darslar o‘tkazilib, o‘quvchilarga Ukrainadagi «maxsus operasiya — adolatli va zaruriy chora» ekanligi haqida tushuntirish berilgan.

Ma’lumot uchun: 2020 yilda Vladimir Putin tashabbusi bilan har bir mintaqada mintaqaviy nazorat markazlari tashkil etilgan. Rasmiylarga ko‘ra, MNM maqsadi ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish va aholining shikoyatlarini ko‘rib chiqish orqali fuqarolar va mansabdor shaxslar o‘rtasidagi aloqani soddalashtirishdir.

Aslida esa, masalan, Xakasiyada mahalliy MNM senzura agentligi vazifasini o‘taydi. U «barcha amaldorlar va OAVlardan ustun turadi». Ushbu ma’lumotni hukumatning sobiq xodimi ismi sir tutilishi sharti bilan Meduza’ga yetkazgan.

Tomsk viloyatida bir vaqtning o‘zida bir nechta tuzilmalar tomonidan «Z» ramzlari bilan vatanparvarlik ruhidagi avtopoygalar tashkil etilgan. Aksiya tashkilotchilariga yaqin manbalarning ma’lum qilishicha, bir haftaning ichida, 7 martdan 13 martgacha, birgina shu mintaqaning o‘zida o‘ndan ortiq shunday tadbirlar bo‘lib o‘tgan. Urushni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harakatlar Tomsk hokimiyati, Tomsk viloyati ma’muriyati va tuman ma’muriyatlari tomonidan o‘tkazilgan; «Yagona Rossiyaning yosh gvardiyasi» hududiy bo‘limi va «hokimiyat partiyasi» bilan bog‘liq bo‘lgan «MiVmeste» (Biz birgamiz) shtab-kvartirasi xodimlari ham bu ishga bosh qo‘shgan.

Shuningdek, «Rossiyaning Afg‘oniston faxriylari ittifoqi» tomonidan mahalliy IIV xodimlari bilan hamkorlikda bir qancha aksiyalar tashkil qilingan. Olingan ma’lumotga ko‘ra, taklif IIVga yuqoridan berilgan. Bo‘lim xodimlari tadbirga tayyor holda chiqqan: banner va bayroqlari bo‘lgan.

6 mart kuni Xakasiya poytaxti Abakan shahrida «maxsus operasiya»ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Z» belgisi ostida o‘tkazilgan avtopoygaga ham hududiy MNM bosh-qosh bo‘lgan. Bu haqida Meduza nashriga mahalliy OAVning ikki xodimi va viloyat hokimligining ismi sir qolishini istagan amaldagi xodimi xabar qilgan.

«Yagona Rossiya» rahbariyatiga sodiq «Xakasiya» axborot agentligi 6 mart kuni shunday xabar chiqardi:

Avtopoygada sportchilar, Butunrossiya Xalq fronti (BXF) va «Yosh gvardiya» faollari ishtirok etdi. Lekin qatnashuvchilar, asosan, Rossiya qurolli kuchlari hamda Donbass milisiyasiga o‘z hurmat va hayratini shu tarzda izhor etishga qaror qilgan oddiy fuqarolardan tashkil topgandi.

Nashr, shuningdek, aksiyada respublika hukumati vakillaridan va siyosiy partiyalar rahbariyatidan hech kim ishtirok etmaganini qayd etgan.

Shu bilan birga, Meduza manbalari mahalliy «Yagona Rossiya» partiyasi va BXF faollarini, shuningdek, «hokimiyat partiyasi»ga yaqin bo‘lgan ayrim tadbirkorlarni aksiyaning rasmiy tashkilotchilari va ijrochilari sifatida ko‘rsatgan. Bu borada markazdan buyruq bo‘lgani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan yana bir Abakan jurnalistlaridan birining ta’kidlashicha, avtopoyga ishtirokchilar «Z» ramzi tushirilgan bayroqlar bilan chiqish qilgan. Jurnalistning aytishicha, bayroqlar qo‘lbola emas.

Respublika OAV xodimlaridan yana biri, ismi oshkor qilinmasligi sharti bilan, shunday deydi:

Rasmiylar bu federal markaz tashabbusi ekanligini tan olmayapti. Hammasi tabiiy ravishda ro‘y berganday: tadbirkorlar mashinalariga go‘yo o‘z tashabbusi bilan nakleyka buyurtma qilganday. Ammo hokimiyatning turli tarmoqlari vakillari ham tashabbus ko‘rsatib, «Z» ramzlarini ko‘z-ko‘z qilmoqda.

8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida, respublika OAV xodimlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, tahririyat respublika hukumati apparatidan Abakandagi «Z» avtopoygasini «yoritmaslik» bo‘yichi tavsiyanoma olgan. Ammo ertasiga, 9 mart, chorshanba kuni Xakasiya rahbari Valentin Konovalovning o‘zi kamzulida «Z» harfi tushirilgan ko‘krak nishoni bilan omma oldida ko‘rinish bergan. Jurnalistlar respublika rasmiylari kiyimida ham xuddi shunday nishonlarni payqagan. Ko‘p o‘tmay viloyat markazlarida ham «vatanparvarlik» avtopoygalari o‘tkazilgan, respublika mutasaddilari esa Xakasiya milliy muzeyi binosini «Z» ramzi bilan bezatgan.

Meduza suhbatlashgan kishilarga ko‘ra, mazkur hududlarda hech kim «V» va «Z» belgilari aynan nimani anglatishini bilmaydi: mahalliy amaldorlar jurnalistlar savoliga yod olingan gaplar bilan javob berib, bu harflar «Vazifa bajariladi» va «Kuch — haqiqatda» degan ma’nolarni anglatishini aytgan. Biroq ular bu haqida ortiqcha tushuntirish bermagan. Hokimiyat nazorati ostidagi OAV bayroqlar, bilbordlar va stikerlardagi lotin harflarining asl ma’nosini faqat tahmin qilishi mumkin. Xususan, xakas jurnalistlaridan biri Meduza bilan suhbatida «Z» nemischa «Zeit» (vaqt) so‘ziga ishora ekanini taxmin qiladi: «Ishga kirishish vaqti keldi», — deya tushuntiradi u va Rammstein guruhining urushga qarshi klipini yodga oladi.

Shu bilan birga, ayrim rus nasionalistlari hukumat bilan kelishmagan holda Ukraina bilan urushni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aksiyalar o‘tkazishga harkat qilib ko‘rgan — hukumat bunga yo‘l qo‘ymagan. Bundan tashqari, ulardan biri — 12 mart kuni Davlat Dumasi binosidan Moskvadagi Triumfalnaya maydonigacha «qurolli kuchlarni va prezident siyosatini qo‘llab-quvvatlash» marshini uyushtirmoqchi bo‘lgan publisist Yegor Xolmogorov nafaqat rad javobi, balki shahar prokuraturasi tomonidan ogohlantirish ham olgan.

Xo‘sh, buni kim o‘ylab topdi?

«Z» aksiyalari o‘tkazilgan hududlardagi Meduza suhbatdoshlari harbiy ekspertlar harbiy texnikaning taktik belgisi deb hisoblaydigan belgidan «maxsus operasiya» timsoli sifatida foydalanish g‘oyasi aynan kimdan chiqqanini bilmaydi.

Meduza bilan suhbatlashgan Prezident administrasiyasining (AP) ichki siyosiy blokiga yaqin kishilar blokning «Z operasiyasi» ijodiy faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligiga ishontiradi. Ulardan ikki nafari vazir Sergey Shoyguning maslahatchisi Andrey Ilniskiy boshliq Mudofaa vazirligi PR bo‘limini g‘oya manbasi sifatida ko‘rsatgan. Meduza bilan suhbatlashgan Tomsk avtopoygalari tashkilotchilaridan biri ham bunga qo‘shiladi: uning fikriga ko‘ra, bu «armiya imiji va qiyofasini yaratadigan PR’chilarning ishi».

Shu bilan birga, Prezident administrasiyasiga yaqin bo‘lgan manbaning ma’lum qilishicha, mudofaa vazirligining PR bo‘limi RT telekanali va uning bosh muharriri Margarita Simonyan bilan hamkorlikda ishlagan. Telekanal dizaynerlari ramziylikni o‘ylab topgan, vazir Sergey Shoygu esa uni tasdiqlagan. Suhbatdosh bu haqida, jumladan, shunday deydi:

Simonyan tashabbusni ko‘p jihatdan o‘z zimmasiga oldi. Ramzlar prezident Vladimir Putinga ham ko‘rsatilgan. U bilan suhbatlashgan kishilardan birining aytishiga qaraganda, prezident uni ma’qullagan.

Margarita Simonyan rahbarligidagi RT telekanali dizaynerlari haqiqatan ham «Z operasiyasi» uchun o‘zlarining shaxsiy identifikatorlarini ishlab chiqqan. RT internet do‘konida 26 fevraldan boshlab «Z» harfi tushirilgan tovarlar (zirhli transport vositasi bortida oq bo‘yoq bilan qo‘pol qilib chizilganday ko‘rinishda aks etgan) sotilmoqda.

Meduza muxbiri Simonyanga bu tadbirlarda qanchalik qo‘li borligi haqida so‘rab murojaat qilgan, lekin u javob bermay, buning o‘rniga so‘rov skrinshotini ijtimoiy tarmoqqa joylab, quyidagi izohni qodirgan:

Meduza manbalari qachon qarama menga o‘zimdan g‘ururlanish va Meduza’ga achinish uchun sabablar topib beradi.

Rossiyadagi davlat tashkilotlari xodimlari ko‘pincha so‘rovga javob berish o‘rniga mustaqil jurnalistlar bergan savollarni ijtimoiy tarmoqqa joylashni ma’qul ko‘radi. Mudofaa vaziri maslahatchisi Andrey Ilniskiy esa berilgan savolni e’tiborsiz qoldirdi.

Bundan tashqari, Meduza’ning Sankt-Peterburg rahbariyatiga yaqin manbalaridan biri g‘oya mualliflari orasida tadbirkor Yevgeniy Pirojkin ham bo‘lganini aytadi. biroq APga yaqin manbalar buni inkor qiladi. AP ichki siyosiy blokiga yaqin bo‘lgan Meduza manbasi shunday deb ishontiradi:

«Oshpaz» ixtirosi va uning g‘oyalarini amaliyotga tadbiq qilish uchun, qolaversa, uning o‘zi uchun ham hech kim o‘zidagi bor resusrsni sarf qilmaydi. Har kim o‘zi uchun kurashmoqda. «Oshpaz» bo‘lajak g‘alaba ramzini o‘zlashtirib olishiga imkon yaratish esa... Bunga hech kim yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. O‘zimiznikilar bu ‘Z’ni allaqachon o‘z axlatlariga qorishtirib yuborgan bo‘lardi.

U (gaplari faqat taxmin ekanini ta’kidlagan holda) prezident Putin «Z operasiyasi» bo‘yicha qandaydir ko‘rsatmalar bergan bo‘lishi mumkinligini, uning atrofidagilar esa «o‘sha zahotiyoq dumini likillatib, «Z»ni qanday rasmiylashtirish va targ‘ib qilish haqida bosh qotira boshlagan»ini aytadi.

Meduza’ning APga yaqin bo‘lgan yana bir suhbatdoshi Prigojin «Z operasiyasi» bo‘yicha kampaniyaga «ayni vaqtida suqilib olgan»iga ishonchi komil.

«Z operasiyasi» nomining o‘zi, uning ramziy ma’nosi va targ‘ibot strategiyasi Meduza’ning APga yaqin manbalari tomonidan salbiy baholanmoqda. «Siyosiy strategiya nuqtai nazaridan, bu juda dahshatli», — deya izoh beradi administrasiya bilan hamkorlik qiluvchi texnologlardan biri. U «Z» nom sifatida hech qanday ma’noni anglatmasligini ta’kidlagan holda, o‘z hayratini yashirmaydi:

Odamlar boshidanoq buning nima ekani va nima uchun kerakligi haqida tushunchaga ega bo‘lmagan. (Ukraina prezidenti Vladimir) Zelenskiyni nomi bilan qandaydir bog‘liqligi bormikin?

Boshqa bir texnolog, bosqinga «rus dunyosini qutqarish» sifatida qaralayotgan bo‘lsa-da, «Z» harfi kirillchada ifodalanmayotganiga e’tibor qaratadi.

Joylarda «Z» belgisi bilan amalga oshirilayotgan harakatlar haqida Meduza’ning APga yaqin manbasi shunday deydi:

«Z» mavzusi (Sergey Kiriyenkoga yaqin) Davlat kengashi departamentiga tegishli emas. (Andrey) Yarin boshchiligidagi Ichki siyosat departamenti gubernatorlarni shu borada bir nimalar qilishga undamoqda — qandaydir fleshmoblar, avtopoygalar, «Z» shaklidagi yoritgichli oynalar. Bajarasan, deb oyoq tirab turgan joylari yo‘q, lekin gubernatorlar ishga qattiq kirishib ketgan. Buni rejadan oshirib bajarayotganlar ham bor.

Viloyat ma’muriyatlari, hokimiyatlar, universitetlar va boshqa binolarga tungi vaqtlarda «Z» shaklida yonib turuvchi oynalar o‘rnatib chiqish bilan bog‘liq aksiyalar ko‘plab hududlarda amalga oshirildi: Novosibirsk, Amur, Voronej, Ivanovo hamda Rossiyaning boshqa viloyatlari, hududlari va respublikalarida.

«Ijodiy kasb egalari»

Rus armiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan onlayn fleshmobda «Z» belgisidan foydalanish bo‘yicha Meduza’ga ma’lum bo‘lgan ilk tajribalar urushning rasman boshlanishidan oldingi davrga to‘g‘ri keladi. Meduza’ga bu haqida siyosiy strateg, Telegram’dagi «Zapiski avantyurista» (hozir bu nom ham «Z» bilan boshlanadi) kanalining egasi Igor Mangushev aytib o‘tdi. U, shuningdek, suhbatda o‘zini «LXRning iste’fodagi kapitani» deb ham atagan.

Mangushev ismi «Internet tadqiqotlar agentligi» — Yevgeniy Prigojin bilan bog‘liq bo‘lgan o‘sha Sankt-Peterburg «trol fabrikasi» faoliyati haqidagi ma’lumotlarda paydo bo‘ldi. Bu yozishmalar haqiqiyligini Mangushevning o‘zi «Fontanka»ga tasdiqlagan. 2019 yilda «Novaya gazeta» Igor Mangushevni o‘sha vaqtda Moskva shahar dumasi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda ishtirok etgan Aleksey Navalniyning sherigi Lyubov Sobol nomzodi uchun imzolarni sohtalashtirish bo‘yicha go‘yo yashirin kvartira tashkil qilgan provakatorlardan biri sifatida ko‘rsatgan.

Meduza nashriga bergan intervyusida Igor Mangushev ushbu fleshmob g‘oyasini o‘z «safdoshlari» bilan birgalikda o‘ylab topganini aytdi. Mangushev ularni «2014 yilda va undan keyin ham ba’zi vaziyatlar tufayli qo‘liga qurol olgan ijodiy kasb egalari» deb ataydi. U o‘z so‘zining isboti sifatida Meduza’ga Telegram suhbatlarining skrinshotini ko‘rsatdi, unda ishtirokchilar o‘z kanallariga «Z» harfi tushirilgan logotip qo‘yishni taklif qilgan — «aynan oq bo‘yoq bilan, cho‘tkada biroz ehtiyotsizlik bilan chizilganday, lekin hamma uchun bir xil».

Bunday tasvir haqiqatan ham 20–21 fevralda, ya’ni bosqin arafasida Ukraina sharqidagi «xalq respublikalari»ni qo‘llab-quvvatlash mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator Telegram kanallarida paydo bo‘la boshlagan. Aynan o‘sha yerda, deya taxmin qiladi Mangushev, «davlat propagandasi bilan shug‘ullanuvchi kishilardan biri uni ko‘rib qolgan va o‘zlashtirishga qaror qilgan».

Lekin u o‘zi va sheriklari uchun «mualliflik huquqi»ni talab qilish niyatida emas:

Biz muhim va foydali ish qildik. Bu odamlarga yetib borganidan xursandmiz. Bir qator sabablarga ko‘ra, buni haqiqatan ham ommaga tadbiq qila olish uchun zaruriy davlat resurslari yo‘q. Biz, RT’dan farqli ravishda, millionlab futbolkalarni ishlab chiqarib, sota olmaymiz.

Biroq Igor Mangushev «Z»ni «maxsus operasiya»ning rasmiy ramzi sifatida targ‘ib qilish usullariga tanqidiy munosabat bildiradi:

«Z» tushirilgan formalardagi talabalar musht qilib tugilgan qo‘llarini basma-bas tepaga ko‘tarayotgan aksiyaning totalitar estetikasi qoniqarli. Lekin g‘oyani amalga oshirish mening o‘zimga ishonib topshirilganida, «Z» ramzini hamma o‘z ixtiyori bilan avatarka va futbolkalarga tushirib olishiga erishgan bo‘lardim. Ushbu tajribani ommalashtirish uchun bunga chin yurakdan yondashish kerak. Lekin bizning davlat, afsuski, hech nimaga chin yurakdan yondasholmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Амирликлар учун жуда муҳим кун ва ажойиб кеча яқинлашмоқда.

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

Тадбиркор БААга қарши ўйинни Абу-Даби шаҳридаги стадионда бевосита томоша қилди ва ўйиндан кейиноқ ушбу ваъдани берди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Hindiston cho‘kib ketmoqda - yarim milliondan ortiq qurbonlar

Ҳиндистон шимоли-шарқида муссон ёмғирлари сабаб бўлган сув тошқинлари ва кўчкилар қурбонлари сони 36 кишига етди, 550 мингдан ортиқ аҳоли жабр кўрди.

Toshkent shahar IIBB jiddiy ogohlantiradi!

Ички ишлар бош бошқармаси телеграмдаги саҳифасида янги мурожаат эълон қилди.

Rossiya Maskka boshpana beradimi?

Илон Маскнинг Доналд Трамп билан зиддиятидан сўнг Давлат Думаси Россия миллиардерга сиёсий бошпана беришга тайёрлигини маълум қилди.

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Бу ҳақида Украина президенти маьлум қилди.

"New York Times": "O‘zbekiston bunday tarixiy natijani qo‘lga kiritgan uchinchi mamlakat bo‘ldi"

"New York Times" нашрида чоп этилган навбатдаги мақолада Ўзбекистон терма жамоасининг футбол бўйича 2026 йилги жаҳон чемпионатига муддатидан олдин йўл олганига эътибор қаратилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

APL. «Sautgempton» - «Manchester Siti». Husanov bugungi bahsda ishtirok etmaydi

Англия чемпионатининг 36-тури доирасида «Манчестер Сити» сафарда «Саутгемптон» клуби меҳмони бўлади.

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

Ukrainaliklar: biz ruscha gapirganmiz, gapirayapmiz, gapiramiz

Кремл раҳбарларининг Украинада «ватандошлар» тили ва маданиятини ҳимоя қилиш бўйича ултиматив талаблари нимаси билан маъносиз?

"Rossiyani urushni to‘xtatishga majbur qiladigan paytga juda yaqinlashib qoldik"

Биз бу ракеталарни кутаётган эдик. Бироқ яқинда АҚШ уларни Яқин Шарққа жўнатиб юборди

Tadbirkor O‘tkir Yusupovga uch xonali uy sovg‘a qildi

Исталган пайтда бу совғани келиб олишлари мумкин, - деди Хуршид Тўраев

Ўзбекистондаги цемент бозорида хитой компанияларининг устунлиги кучаймоқда. Нарҳлар пасайган бўлса-да, бу маҳаллий ишлаб чиқарувчиларни қисман таназзулга учратмоқда. Айрим корхоналар фаолиятини тўхтатган ёки катта зарар билан ишламоқда.

Ozarbayjonning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadagi roli

Иккинчи жаҳон урушида Озарбайжоннинг роли жуда муҳим ва аҳамиятли эди. Озарбайжон урушнинг ҳам ҳарбий операцияларига, ҳам иқтисодий ва стратегик соҳаларига катта ҳисса қўшди. Озарбайжон халқи фронтда ҳам, орқада ҳам катта мардонавор туриб, армияга зарур ёрдам кўрсатди. Уруш бошланганда Озарбайжон аҳолиси фронтга кетишга тайёр эди.

Xon Yunis shahrida uzunligi taxminan 1,5 kilometr bo‘lgan yer osti tunneli vayron qilindi

Исроил мудофаа кучлари вайронагарчилик видеосини эьлон қилди.

Moskvadagi zavodda yong‘in: qurbonlar bor

Ёнғинни ўчиришга 30 дан ортиқ қутқарувчи ва 7 та ўт ўчириш машинаси жалб этилган.

Firibgarlar sayyohlarning kartalaridan 30 million dollarga yaqin pul o‘g‘irlagan

Камида 268 киши фирибгарлар қурбонига айланди.

Toshkentda motosikl va skuter to‘qnashdi, qurbonlar bor

Тўқнашув натижасида ҳар икки ҳайдовчи оғир тан жароҳатлари сабаб ҳалок бўлган.

Germaniyada millionta sig‘imga ega bombapanohlar yaratiladi – DW

BBК раҳбари юқори ҳимоя даражасига эга янги бункерлар қуриш кўп вақт ва маблағ талаб қилишини таъкидлади.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: kuchayishi boshlanganidan beri qurbonlar soni 55,000 ga yaqinlashdi

Бу ҳақда хабар бермоқда Фаластин анклавининг Соғлиқни сақлаш вазирлиги.

Myunxen polisiyasi odamlarga pichoq bilan hujum qilgan ayolni otib o‘ldirdi

Мюнхенда полиция одамларга пичоқ билан ҳужум қилган аёлни отиб ўлдирди, деб хабар бермоқда Германиянинг Билд нашри .

Suriyada dronning mashinaga zarbasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Қатарнинг Ал Жазеера телеканали манбасига таяниб хабар берди .

Kaliforniya gubernatori Trampning shtatga qo‘shin yuborish haqidagi qaroriga qarshi

Бу ҳақда CНН телеканали хабар бермоқда.

Yamandagi masjiddagi otishmada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Манбаларга кўра, воқеа 7 июнь куни диндорлар шом намозига тўпланган Карн ал-Асад қишлоғида содир бўлган. Агентлик тахминига кўра, ҳужумчи руҳий касалликдан азият чеккан бўлиши мумкин.

Tramp Los Anjelesga Milliy gvardiya qo‘shinlarini yuborishga buyruq berdi

АҚШ президенти Доналд Трамп маъмурияти Лос Анжелес шаҳрига 2000 нафар Миллий гвардия аскарларини юборишга қарор қилди. Намойишлар янада шиддатли тус олмоқда.

Kolumbiyada prezidentlikka nomzod shaxs otib tashlandi

Колумбияда 15 ёшли ўсмир президентликка номзодга қарата ўқ узди.

Vaziyat chidab bo‘lmas: Shveysariyada ko‘chkidan keyin qishloq yo‘q bo‘ldi

Швейцариядаги кўчкидан кейин ҳукумат Блаттен қишлоғини бошқа жойда қайта қурмоқчи.

Slovakiya Bosh vaziri mamlakatimizga tashrif buyuradi

Бу ҳақда Президент матбуот хизмати хабар берди.

Xitoyda COVID-19 dan xavfliroq yangi virus aniqlandi

Хитойда HKU5-CoV-2 деб номланган янги вирус қайд этилди. Ҳозирча у фақат кўршапалаклар орасида тарқалмоқда, бироқ штаммлардан бири инсонларга юқиши мумкинлиги аниқланган.

AQSh senatorlari Rossiya qayta qurollanishini anglamaptidi — Fridrix Mers

Германия канцлери Фридрих Мерц АҚШ Конгрессидаги айрим сенаторларни Россиянинг қайта ҳарбий қуролланиш ҳаракатларини тушунмасликда айблади. Унинг фикрича, улар Москва томонидан олиб борилаётган тайёргарлик кўламини ҳақиқий таҳдид сифатида қабул қилмаяпти.

Mask Trampga impichment talab qildi va yangi siyosiy partiya tuzmoqchi

Tesla раҳбари Илон Маск президент Доналд Трампни ношукурликда айблаб, унга нисбатан импичмент чақириқларини оммавий равишда қўллаб-қувватлади.

Rossiyada bolalarga "energetik" sotganlar uchun 500 ming rublgacha jarima belgilandi

Янги қонунга кўра, бундай ҳуқуқбузарлик учун: ▪️жисмоний шахсларга — 50 минг рублгача (8,1 млн сўм), ▪️мансабдорларга — 200 минг рублгача (32 млн сўм), ▪️компанияларга — 500 минг рублгача (81 млн сўм) жарима солинади.

Россияда болаларга "энергетик" сотганлар учун 500 минг рублгача жарима белгиланди

Янги қонунга кўра, бундай ҳуқуқбузарлик учун: ▪️жисмоний шахсларга — 50 минг рублгача (8,1 млн сўм), ▪️мансабдорларга — 200 минг рублгача (32 млн сўм), ▪️компанияларга — 500 минг рублгача (81 млн сўм) жарима солинади.

Даҳшат! Жанубий Африкада "батут" 12 метр баландликка учиб кетди

Жанубий Африка Республикасида ичида болалар бўлган "батут" 12 метр баландликка учиб кетди.

Мумбай аеропортида қўл сумкасида 40 га яқин заҳарли илонлар билан Таиланддан учиб келган йўловчи қўлга олинди

Бу ҳақда якшанба куни кечқурун Ҳиндистон божхона хизмати хабар берди.

Тошкент вилоятида эшак гўштидан сомса тайёрлаб, сотганларга ҳукм ўқилди

Маълум қилинишича, Нурафшон шаҳрида фуқаро ўндан ортиқ эшакни сўйиб, сотиб келган.

Туркманистондаги “Дўзах дарвозаси” ёниши уч баравар камайди

Бу ҳақда “Туркменгаз” давлат концернига қарашли Табиий газ илмий-тадқиқот институти лабораторияси мудири Ирина Лурьева TESC 2025 халқаро конференциясида маълум қилди, деб хабар беради РИА Новости.

Зеленский: "Россия кейинги ҳарбий ҳаракатларга тайёргарлик кўрмоқда"

Украина президенти Владимир Зеленский АҚШга сафар қилган украин делегациясининг ҳисоботларини эшитди, деб хабар берилади унинг Telegram-каналида.

Ҳиндистонда энг баланд темир йўл мости очилди. У 20 йилдан ортиқ вақт қурилган

у Эйфель минорасидан 35 метр баланд.

Европа Украинани АҚШсиз қўллаб-қувватлашга қодирлигини эълон қилди

Қўшма Штатлар Киевга ҳарбий ёрдамни тўхтатишга қарор қилган тақдирда ҳам Европа Украина қаршилигини қўллаб-қувватлашга қодир, деди Германиядан қурол-яроғ етказиб беришни мувофиқлаштириш учун масъул немис генерали Кристиан Фрейдинг Реутерс агентлигига.

Ғарб Украинадаги вазият умидсиз эканини эълон қилди

Бу ҳақда иқтисодчи Филипп Пилкингтон Х ижтимоий тармоғида ёзди .

ПМC Wагнер Африка мамлакатидан чиқишини эълон қилди

Бу ҳақда Лента.руъга компания матбуот хизмати хабар берди.

Келажакдаги фалокат сабаби сифатида янги вирус номланди

АҚШ олимлари янги коронавирус ҲКУ5-CОВ-2 ни топдилар, у одамларни юқтиришдан атиги битта мутатсион бўлиши мумкин. У Хитойда кўршапалак намуналаридан ажратилган ва тадқиқотга кўра, маълум ўзгаришлар билан инсон ҳужайраларига кириб боришга қодир. Натижалар Натуре Cоммуниcатионс журналида чоп этилган .

12 мамлакатда 20 киши болаларни жинсий савдоси иши бўйича ҳибсга олди

“Репорт” Euronews телеканалига таяниб хабар беришича , ҳибсга олинганлар орасида Европа, АҚШ ва Лотин Америкасидан келган тиббиёт ходими ва икки нафар ўқитувчи бор.

Россиянинг Киевга ракеталар ва дронлар билан зарба бериши оқибатида 4 киши ҳалок бўлди

6 июн тонгида Россия томонидан Украина пойтахти Киевга ракеталар ва дронлар ёрдамида кучли ҳужум уюштирилди. Ҳужум оқибатида камида тўрт киши ҳалок бўлди, яна 20 нафар одам турли тан жароҳатлари билан жабрланди.

Италияда футболчига саратон касаллигини тилаган ҳакам икки йилга футболдан четлатилди

Бу ҳақда Gazzetta dello Sport нашри ёзмоқда.

Трамп ва Маск ижтимоий тармоқларда даҳанаки жангларга киришди

АҚШ президенти Доналд Трамп ва Tesla ҳамда SpaceX хўжайини, Ҳукумат самарадорлиги департаменти (DOGE)нинг собиқ раҳбари Илон Маск 5 июнь куни ижтимоий тармоқларда кескин можарога киришди. Трамп, хусусан, Маскнинг компанияларини субсидиялардан маҳрум қилиш билан таҳдид қилган ва Маск SpaceX Dragon космик кемаси фаолиятини зудлик билан тўхтатаётганини айтиб, жавоб қайтарган.

Ғазода Исроил армиясининг 4 нафар аскари ўлди

Бу ҳақда Al Arabiya хабар бермоқда.

Тошкент вилоятида эшак гўштини сотганларга 2 йил қамоқ жазоси тайинланди

Оҳангаронда тезкор тадбир пайтида 23 бош тирик ва 15 бош сўйилган эшак аниқланди.

GHF гуруҳи Ғазода ёрдам жойларини иккинчи кун ҳам ёпиқ қолдирди

Исроил ва АҚШ томонидан қўллаб-қувватланадиган GHF ташкилоти Ғазодаги ёрдам тарқатиш нуқталарини иккинчи кун ҳам очмаслигини эълон қилди. Бу қарор фожеали ҳужумлардан сўнг қабул қилинди.

Эрондан Нахчивон орқали Туркияга кетаётган юк машинасидан катта партия марихуана топилди

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Трамп 12 мамлакат фуқароларига АҚШга киришни тақиқлади

"Бизга зарар етказмоқчи бўлганларнинг мамлакатимизга киришига йўл қўймаймиз", деди Трамп.