Rossiyaning Nyu-Dehlidagi elchixonasi hindistonliklarni Rossiya armiyasiga yollash kampaniyalarini rad etdi

Rossiyaning Nyu-Dehlidagi elchixonasi hindistonliklarni Rossiya armiyasiga yollash kampaniyalarini rad etdi

Rossiya hukumati hech qachon Hindiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasida harbiy xizmatga jalb qilish bo‘yicha ommaviy yoki yashirin kampaniyalarda qatnashmagan. Bu haqda Rossiyaning Nyu-Dehlidagi elchixonasi ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

«Rossiyaning Nyu-Dehlidagi elchixonasiga ommaviy axborot vositalaridan Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan Hindiston fuqarolari masalasiga izoh berishni so‘rab ko‘plab so‘rovlar kelib tushdi, chunki ularning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi chog‘ida halok bo‘lish holatlari bo‘lgan». Bu haqda Rossiya diplomatik missiyasi xabar berdi. Shuningdek, ular Hindiston rasmiylari va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Ikki davlat idoralari Rossiyada ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga kirgan Hindiston fuqarolarini tezda aniqlash va ishdan bo‘shatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirmoqda, deyiladi agentlik nashrida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!